Garri Potter haqidagi filmlarning davomi suratga olinadi
Film ikki qismda katta ekranga chiqadi.

«Warner Bros studiyasi «Garri Potter va laʼnati bola» filmini katta ekranga olib chiqish yo‘llarini qidirmoqda», — deydi The Sun nashri muxbiri.
Bunday qarorga kelish Vest-End teatridagi (West End theatre) spektaklning mashhurligi sabab bo‘lgan.
Aniqlik kiritilishicha, «Garri Potter va laʼnati bola» filmini suratga olish rejasi dastlabki bosqichda.
Rejissyorlar Deniyel Redkliffni o‘z roliga qaytishga taklif qilishni rejalashtirmoqda.
«Film ustida ishlayotganlarning barchasi Deniyel Redkliffni bosh rolda ko‘rishni xohlaydi. Biroq avvalo uning bo‘limlarini aniqlash, ssenariy yozish va byudjetga aniqlik kiritish kerak», — deb yozadi The Sun.
Film ikki qismda katta ekranga chiqadi.
Nashrning yozishicha, Garri Potter haqidagi filmlarda Deniyel bilan birga suratga tushgan Germiona Greyndjer rolini ijro etgan Emma Uotson aktyorlik faoliyatini davom ettirgan bo‘lsa, Ron roli bilan tanilgan Rupert Grint ko‘chmas mulk biznesi bilan shug‘ullanmoqda.
Mashhur Garri Potter franshizasi jahon prokatida 6,4 mlrd funt sterlingdan ko‘proq pul yig‘di.







