Siyosat

Shavkat Mirziyoyevga AQSH Prezidenti Jo Baydendan maktub keldi

Qo‘shma shtatlar yetakchisi ikki mamlakat o‘rtasidagi sheriklik chuqurlashib borayotganini alohida qayd etgan.

Shavkat Mirziyoyevga AQSH Prezidenti Jo Baydendan maktub keldi

 

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

 

Hurmatli Prezident janoblari! 

 

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda ko‘rsatayotgan yetakchiligingiz va shaxsiy intilishingiz uchun, shu jumladan xavfsizlik sohasidagi hamkorlik uchun chuqur minnatdorlik bildiraman. 

 

O‘zbekiston bilan iqtisodiyot va energetika masalalarida o‘zaro aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, Sizning mamlakatni siyosiy tizimini modernizasiya va isloh qilish borasidagi sa’y-harakatlaringizni qo‘llab-quvvatlash AQSH uchun ustuvor ahamiyatga ega. 

 

AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklik chuqurlashib bormoqda va erishilgan yutuqlarni 2023 yilda ham yanada ilgari surishimizga umid bildiraman.

 

Siz Markaziy Osiyodagi beshta mamlakatning mintaqaviy hamkorligini kengaytirish orqali qo‘shni mamlakatlar bilan munosabatlarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratayotganingizni alohida qayd etmoqchiman. 

 

Bu sa’y-harakatlar Markaziy Osiyoda va uning tashqarisida ravnaq va barqarorlikni ta’minlashga katta hissa qo‘shmoqda. 

 

Bizning sherikligimiz, mana 30 yildirki, BMTning barcha mamlakatlarning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilishdek asosiy prinsiplariga rioya qilish asosida rivojlandi.

 

Ishonchim komilki, ushbu qadriyatlarga mushtarak sodiqligimiz o‘zaro aloqalarimiz uzoq muddatli istiqbolda yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

 

Hurmat bilan, 

 

Jo Bayden"

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyevga AQSH Prezidenti Jo Baydendan maktub keldi | Zamon.uz