Yozda ham ta’lim oluvchi xitoyliklar, maktab boshlanishini o’zlari belgilovchi germaniyaliklar va o’quv yili bahorda start oluvchi davlatlar…

Zamon.uz maktab ta’limi tizimida ta’tildagi farqlarni e’tiboringizga havola etadi.

Yozda ham ta’lim oluvchi xitoyliklar, maktab boshlanishini o’zlari belgilovchi germaniyaliklar va o’quv yili bahorda start oluvchi davlatlar…

 

Barcha dunyo davlatlarida taʼlim tizimi turlicha. Ayrim mamlakatlarda dars o‘tish uslubi, mashg‘ulot kunlari va hatto taʼtil muddatlari tubdan farq qiladi. Zamon.uz bugun dunyo maktablarida taʼtil davri, uning tugashi va o‘quv yili boshlanishiga oid farqlarni eʼtiboringizga havola etadi.

 

Keling, avvalo, taʼtil davrini O‘zbekiston misolida ko‘rib chiqamiz. Respublikadagi barcha maktablarda o‘quv yili sentyabrda boshlanib, may oyida yakunlanadi. 9 oylik o‘qish davrida o‘quvchilar har chorak yakunlanishida qisqa muddatli taʼtilga chiqishadi. So‘nggi chorak tugagandan so‘ng esa 3 oylik yozgi taʼtil boshlanadi. Shuningdek, o‘quvchilar rasmiy bayram kunlarida ham dam olishadi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, maktab o‘quvchilari eng kam dam oladigan davlatlar — Daniya va Chexiya hisoblanadi. Bu mamlakatlarda yil davomida 11 yoki 12 hafta taʼtil beriladi. Rossiya, Ukraina hamda Turkiyada dam olish vaqti ko‘proq —yiliga 18 hafta taʼtil. Bolgariya maktablarida esda erda hududga qarab turlicha: o‘quvchilar yiliga 14 haftadan 19 haftagacha dam olishadi. 

 

 

Germaniya

 

Ko‘pgina Yevropa mamlakatlarida yozgi taʼtilning boshlanish va tugash sanalari qatʼiy belgilangan, ammo Germaniya haqida bunday deb bo‘lmaydi. U yerda har bir hudud o‘zi mustaqil ravishda qoidalar o‘rnatish huquqiga ega. 16 ta federal shtat o‘quv yilining boshlanishini o‘zlari belgilaydi.

 

Berlin va Brandenburgdagi maktab o‘quvchilari 20 iyundan taʼtilga chiqib, 2 avgustda sinfxonalarga qaytadi. Baden-Vyurtemberg va Bavariyada maktab o‘quvchilari uchun taʼtil 29 iyuldan keyin boshlanadi.

 

Yaponiya

 

Yaponiyada “qisqa, lekin davomiy” qoidasiga amal qilinadi. Maktab o‘quvchilari yozda 40 kun (20 iyuldan 31 avgustgacha) dam olishadi. Bunday qisqa taʼtillar bolalar salomatligiga taʼsir qilmasligi uchun iyul oyida darslar soni qisqartiriladi. Agar yozning boshida jadvalda har kuni oltita dars bo‘lsa, iyul oyining o‘rtalariga kelib ularning soni to‘rt yoki uchtaga kamayadi. O‘quv yilining so‘nggi kunlarida esa ikki yoki bitta dars o‘tilishi ham mumkin. Sentyabr oyidan  darslar soni asta-sekin yana ko‘paytiriladi.

 

Xitoy

 

Xitoylik maktab o‘quvchilari orasida kuchli raqobat muhiti mavjud. Ular yaxshi universitetga  kirish va munosib kasbga ega bo‘lish uchun birinchi sinfdanoq ko‘proq o‘qishga harakat qilishadi.

 

Bu mamlakatda yozgi taʼtil iyul o‘rtalaridan sentyabr boshlarigacha davom etadi. Ammo bu vaqt ichida maktab o‘quvchilari deyarli dam olishmaydi, chunki ularga juda ko‘p uy vazifalari beriladi. Avgust oyi oxirida (o‘quv yili boshlanishidan oldin) o‘quvchilar ustozlariga barcha bajarilgan topshiriqlarni taqdim etishlari kerak.

 

Ayrim mamlakatlarda taʼtil davri tugab, o‘quv yilining boshlanish sanasi umuman boshqacha. Bu o‘sha mintaqadagi iqlim sharoiti va urf-odatlar bilan bog‘liq masala. 

 

Kombodja

 

Kombodjada o‘quvchilar maktabga 1 oktyabrdan boradi. Ular yomg‘irli mavsumda — tez-tez suv toshqini bo‘ladigan vaqtda dam olishadi. Shu sabab bu yerda 30 iyuldan 30 sentyabrgacha taʼtil eʼlon qilinadi.

 

Hindiston

 

Bu mamlakatda ham o‘quv yili bahor oylarida start oladi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, maktab taʼlimi boshlanishi mart oyining o‘rtalariga yoki aprel oyining boshiga to‘g‘ri keladi. Yilning eng issiq oylari — may, iyun va iyul oylarida ham maktablarda dars jarayonlari davom etadi.O'quv yilining boshlanishi yomg‘irli mavsumiga to‘g‘ri kelganligi uchun bolalarga rangli soyabonlar ham beriladi.

 

AQSH va Kanada

 

Bu mamlakatlarda maktablar o‘quv yili boshlanish sanasini tanlashda erkin. Biroq bu avgust oyining o‘rtalaridan 15 sentyabrgacha bo‘lgan oylik intervalga mos kelishi kerak.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

Yozda ham ta’lim oluvchi xitoyliklar, maktab boshlanishini o’zlari belgilovchi germaniyaliklar va o’quv yili bahorda start oluvchi davlatlar… | Zamon.uz