Salomatlik

Yapon olimlari ko‘rish qobiliyatini tiklashning noyob usulini kashf qildi

Buni 40 yoshli ayolda o‘tkazilgan klinik sinov ham isbotladi.

Yapon olimlari ko‘rish qobiliyatini tiklashning noyob usulini kashf qildi

 

Ildiz hujayralarining ajoyib xususiyati bor. Ular o‘z-o‘zini yangilay oladi. Qolaversa, qon, suyak, nerv va boshqa hujayralarga aylanish qobiliyatiga ega

 

Shu bois bu «mitti organizm»lar zamonaviy tibbiyotda bemor tanasidagi zararlangan hujayralarni almashtirishda qo‘llaniladi. 

 

Yapon olimlari esa dunyoda ilk bor induksiyalangan plyuripotent o‘zak hujayralaridan ko‘z shox pardasini o‘stirib, uni jarrohlik yo‘li bilan donorga ko‘chirib o‘tkazishdi.

 

 

Gap shundaki, shu paytgacha qo‘llanilayotgan usulga muvofiq, insondan ko‘chirib o‘tkazilgan ko‘z shox pardasi an’anaviy tarzda ildiz otadi. Ammo bemor tanasi donor shox pardasini rad eta boshlaydi. Chunki unda begona immunitet hujayralari mavjud bo‘ladi.

 

 Yaponlar o‘tkazgan tadqiqot esa — noyob tajriba. Chunki ildiz hujayralaridan o‘stirilgan shox parda immunitet tizimidan holi. Shu sababli uni organizm ijobiy qabul qiladi. 

 

 Qolaversa, donorlik yo‘li bilan ko‘chirib o‘tkazilgan ko‘z shox pardasi vaqt o‘tishi bilan qator qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Masalan, kunchiqar mamlakatda 1500 nafarga yaqin kishi shunday muammodan aziyat chekmoqda. Yangi izlanishlar ana shu murakkabliklarga barham berishi mumkin. 

 

Shox parda epiteliysi kasalligiga chalingan 40 yoshli yapon ayoli klinik sinovga rozilik bildirdi. Operasiyadan so‘ng uning ko‘rish qobiliyati tiklandi.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"