O'zbekiston

Toshkentda “Men g‘olib” marafoni yakunlandi

Unda kimlar g‘olib bo‘lgani maʼlum qilindi.

Toshkentda “Men g‘olib” marafoni yakunlandi

 

Bugun, 19 fevral kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab “Men g‘olib” vatanparvarlik yugurish musobaqasi o‘tkazildi.

 

Musobaqalarda, asosan, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari va kuch tuzilmalarining 12 ta jamoasidagi 300 nafarga yaqin xizmatchi, yuzlab havaskorlar ishtirok etdi. Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat Xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Bosh prokuratura kabi jamoalar o‘rtasida kechgan bahslarda g‘olib va sovrindorlar yakkalik va jamoaviy tarzda aniqlandi.

 

Poytaxtning «Xalqlar do‘stligi» maydonidan start berilgan 10 kilometr masofada yugurish musobaqalarining umumiy holdagi g‘olib va sovrindorlarini belgilash uchun 50-60 daqiqadan ko‘proq vaqt ketdi.

 

Natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni Mudofaa vazirligi akademiyasi tinglovchisi Javohir Xoliqberdiyev, 2- va 3-o‘rinlarni Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari Fayzulla Habibullayev va Shavkat Nuriddinov egalladi.  

 

Jamoalar o‘rtasida faxrli 1-o‘rin Mudofaa vazirligiga tegishli bo‘ldi. 2- va 3-o‘rinlar Prezident huzuridagi xavfsizlik kengashi hamda Davlat xavfsizlik xizmati jamoasiga nasib etdi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Toshkentda “Men g‘olib” marafoni yakunlandi | Zamon.uz