Zelenskiy va Erdog'an telefonlashdi
Turkiya tinchlikka erishish uchun hissa qo'shishga tayyor.

Ukraina va Turkiya Prezidentlari Vladimir Zelenskiy va Rajab Toyib Erdog‘an telefon orqali muloqot qildi. Turkiya yetakchisi tinchlikka o‘z hissasini qo‘shishga tayyorligini ma’lum qildi, biroq “o‘t ochishni to‘xtatish asosida”.
Qayd etilishicha, ikki davlat rahbarlari Rossiya qo‘shinlarining Ukraina hududiga keng ko‘lamli bostirib kirganining bir yilligi fonida Ukrainadagi vaziyat, shuningdek, Turkiyadagi vayronkor zilzilalar oqibatlari haqida fikr almashgan.
“Turkiya Prezidenti oʻz mamlakatining tinchlik oʻrnatish va vaziyatni oʻt ochishni toʻxtatish va muloqot asosida hal etishga qoʻshgan hissasini kuchaytirishga tayyorligini maʼlum qildi”, — deyiladi xabarda.







