“Chelsi” Feliksni sotib oladi deb umid qilaman”
Enso Fernandes portugaliyalik futbolchi haqida gapirdi.

“Chelsi” yarim himoyachisi Enso Fernandes yanvar oyida “Atletiko Madrid”dan ijaraga olingan “ko‘klar”ning yangi futbolchisi Joau Feliksning o‘yini haqida gapirdi.
“Feliks ajoyib o‘yinchi. U ajoyib fazilatlarga ega, bu esa uni jamoamizning asosiy figurasiga aylantiradi. Umid qilamanki, “Chelsi” uni yozda sotib olish uchun qo‘lidan kelganini qiladi”, — deya Fernandesning so‘zlaridan “The Guardian” nashri iqtibos keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” hozirda 23 turdan keyin 31 ochko bilan APL turnir jadvalida 10-o‘rinda bormoqda. Keyingi turda Grem Potter shogirdlari “Tottenhem” bilan o‘ynaydi.







