Bahorgi lanjlikka qarshi tavsiyalar

Bahor kelishini uzoq kutamiz-u, ammo quyosh chiqib, kunlar isishi bilan lanjlikni his qilamiz. Buning sababini bilasizmi?

Bahorgi lanjlikka qarshi tavsiyalar

 

Uzoq davom etadigan qish quvvatimizni olib, o‘tgan yil davomida yig‘ilgan vitaminlar zaxirasini quritib yuboradi. Shuning uchun ko‘pchilik bahorda charchoq va lanjlik yoki holsizlikka duch keladi.

 

Buning ustiga vitamin yetishmasligidan kuchsizlangan immun tizimi turli virusli kasalliklar oldida ojiz bo‘lib qoladi, qish bo‘yi umuman kasal bo‘lmaganlar ham mavsumlar orasida bir shamollab olishi shundan.

 

Bugun bahorgi lanjlikka qarshi turish va quvvat zaxirasini to‘ldirish uchun 5 ta tavsiya bilan bo‘lishamiz.

 

Ratsioningizga ko‘proq meva va sabzavotlarni qo‘shing

 

Quyoshli o‘lkamizda bahor kelishi bilan rezavor mevalar pisha boshlaydi. (Ularni yil bo‘yi ham rastalardan topish mumkin aslida). Qulupnay yoki gilos orqali S vitamini zaxirasini to‘ldirib olish mumkin. S vitamini immun tizimi, teri va sochlarga yaxshi taʼsir qiladi.

 

Vitaminlar kursi yordamida immunitetingizni kuchaytiring

 

Sog‘lom ovqatlanish vitamin yetishmovchiligini oldini olishga yordam bersa-da, jiddiy hollarda mevalar kamlik qiladi.  Bahoriy lanjlikka qarshi kurashda D va C vitaminlari asosiy quroldir.

 

Bahorda S vitamini juda muhim. Ruh bilan birga u immun tizimining meʼyorda va samarali ishlashiga javob beradi.

 

immun tizimi uchun yana bir muhim vitamin bu — D vitaminidir. U suyaklar va tishlarni sog‘lomlashtirib, kalsiyning organizmda so‘rilishiga xizmat qiladi. Bundan tashqari, bu vitamin mushaklar faoliyatini normallashtiradi, u har qanday sport ixlosmandining kunlik ratsionida bo‘lishi shart.

 

Ochiq havoda ko‘proq bo‘ling

 

Quyoshli kunda D vitamini zaxirasini to‘ldirib olish kerak. Ochiq havoda yarim soat sport bilan shug‘ullanish miyada qon aylanishini yaxshilaydi va stressni yo‘qotadi. Bundan tashqari, toza havo uyqu sifatini yaxshilab, immun tizimini mustahkamlaydi.

 

Jismonan faol bo‘ling

 

Havo yomon bo‘lganda ham harakatda bo‘lishda davom eting. Jismoniy faollik faqat yurish yoki yugurish emas, sport bilan doimiy shug‘ullanish kerak.

 

Faol harakat ruhiy salomatlikning ham asosidir, u yuqori stressga qarshi kurashda yordam beradi. Bu holatda harakatlaringiz to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lmaydi. Muhimi to‘xtamaslik.

 

Imkon bo‘lishi bilan yaqinlaringiz bilan vaqt o‘tkazing

 

Bahoriy lanjlik bilan uzoq kurashdan so‘ng ham u o‘tib ketmasa, pauza qilib, dam olish va tanaga dam berish kerak. Aksariyat hollarda lanjlikka vitaminlar yetishmovchiligi sabab bo‘lsada, ruxiy salomatlikni ham unutmaslik kerak. Bulutli va sovuq ob-havoning uzoq hukmronligi stressning asosiy sababi bo‘la oladi. Doimiy jismoniy harakat stressni yengishda yordam bersa-da, organizmga dam berib turish kerak. Yaqinlar bilan vaqt o‘tkazish esa baxt gormoni ishlab chiqarilishini kuchaytiradi va stressga qarshi yaxshi samara beradi.

 

Yuqoridagi tavsiyalardan tashqari yetarlicha suv ichishingizni ham tekshiring, organizmning qurishi ham u uchun stressdir.

 

custom img

Uy-joy va meros: yetim bolalar huquqi qanday himoya qilinadi?

Yangi qonun bilan vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi qonunchilikka muhim o‘zgartishlar kiritilmoqda.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva “O‘zbekfilm” kinostudiyasini rivojlantirish bo‘yicha rejalarini ma’lum qildi

Saida Mirziyoyeva Abu Ali ibn Sinoning bolaligi haqidagi tarixiy film suratga olinayotgan maydonda ham bo‘ldi.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Toshkentda MIB orqali bolalar onasiga qaytarildi

Shu tariqa sud hujjatida belgilangan talablar amalda bajarilib, ijro ishi yakunlangan.

custom img

Prezidentga yana viza berilmadi: AQSh Falastin rasmiylariga cheklovni uzaytirdi

Falastin prezidenti Mahmud Abbos ketma-ket ikkinchi yil BMT Bosh Assambleyasidagi yig‘ilishlarda shaxsan ishtirok eta olmaydi.

custom img

Yangi Toshkentning ertangi kuni o‘zimizga bog‘liq — Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva Yangi Toshkentdagi qurilish jarayonlari bilan tanishib, tadbirkorlarni hududga sarmoya kiritish, qurilish va biznes loyihalarini yo‘lga qo‘yishga chaqirdi.

custom img

“Turkiy dunyo madaniyatiga qo‘shgan hissasi uchun”: Ozodbek Nazarbekov xalqaro mukofotga loyiq ko‘rildi

Taqdirlash marosimi 26-sentyabr kuni Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"