O'zbekiston

Mahsulot xavfsizligi talablarini belgilash orqali fuqarolarning hayoti muhofaza qilinadi

Prezident yangi qonunga imzo chekdi.

Mahsulot xavfsizligi talablarini belgilash orqali fuqarolarning hayoti muhofaza qilinadi

 

Qonunga ko‘ra, texnik jihatdan tartibga solish – mahsulotning xavfsizligiga, uni ishlab chiqarish jarayonlariga va usullariga doir talablarni belgilash, qo‘llash hamda bajarish, shuningdek ularga rioya etilishini muvofiqlikni baholash va davlat nazoratini amalga oshirish orqali tekshirishdir.

 

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

 

Vazirlar Mahkamasi mazkur sohadagi vakolatli davlat boshqaruvi organlarini belgilaydi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi.

 

Qonunga muvofiq, texnik reglamentlar quyidagi maqsadlarda qabul qilinadi:

 

  • mahsulot xavfsizligi talablarini belgilash orqali fuqarolarning hayotini yoki sog‘lig‘ini muhofaza qilish;
  • atrof-muhitni, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish;
  • xaridorlarni (isteʼmolchilarni) chalg‘itadigan harakatlarning oldini olish;
  • energiya jihatdan samaradorlikni va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni taʼminlash;
  • savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish;
  • ichki va tashqi bozorlarda mahsulotning raqobatbardoshliligini oshirish.

 

Texnik reglamentlarda belgilangan muvofiqlikni majburiy ravishda tasdiqlash quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

 

  • muvofiqlikni deklaratsiya qilish;
  • majburiy sertifikatlashtirish.

 

Qonunga ko‘ra, davlat nazorati organlari o‘rtasida yuqori xavf tug‘diradigan mahsulot haqida tezkor ravishda o‘zaro xabar berish tizimi yaratiladi va faoliyat ko‘rsatadi.

 

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 6 oy o‘tgach kuchga kiradi.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"