Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Entoni Blinkenni qabul qildi

AQSH O‘zbekistonning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini doimo qo‘llab-quvvatlashda qatʼiy ekani yana bir bor qayd etildi.

Shavkat Mirziyoyev Entoni Blinkenni qabul qildi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 mart kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Entoni Blinken boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

 

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, taʼlim va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi dolzarb masalalarning keng doirasi hamda mintaqaviy hamkorlikning muhim jihatlari ko‘rib chiqildi.

 

Suhbat avvalida Davlat kotibi Entoni Blinken davlatimiz rahbariga Qo‘shma Shtatlar Prezidenti Jo Baydenning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

 

AQSH O‘zbekistonning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini doimo qo‘llab-quvvatlashda qatʼiy ekani yana bir bor qayd etildi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan va ortga qaytmas tus olgan demokratik yangilanishlar, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga yuksak baho berildi, ular to‘liq qo‘llab-quvvatlandi.

 

Ayniqsa, inson huquqlari va gender tenglikni taʼminlashda, majburiy mehnatga qarshi kurashishda, so‘z erkinligi va ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlarda, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishda va ko‘plab boshqa yo‘nalishlarda erishilgan katta muvaffaqiyatlar alohida qayd etildi.

 

Uchrashuvda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarda yuksak darajaga erishilgani katta mamnuniyat bilan taʼkidlandi.

 

Keng ko‘lamli hamkorlikni yana-da rivojlantirish, shu jumladan Strategik hamkorlik bo‘yicha samarali muloqotni ilgari surish va turli darajalarda sermahsul almashinuvlarni davom ettirish muhimligi tasdiqlandi.

 

Savdo-iqtisodiy, investitsion va innovatsion hamkorlikni rivojlantirish, Amerika yetakchi kompaniyalarining O‘zbekiston bozoridagi faoliyatini kengaytirish, kooperatsiya loyihalarini, eng avvalo, yuqori texnologik tarmoqlarda amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Madaniy-gumanitar aloqalarni, shu jumladan mamlakatimizda yoshlarga ingliz tilini o‘qitish va malakali o‘qituvchilarni tayyorlash dasturlarini faollashtirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi taʼkidlandi.

 

Mintaqaviy hamkorlikning eng muhim masalalari yuzasidan fikr almashildi. Kuni kecha “AQSH va Markaziy Osiyo mamlakatlari” (“S5+1”) formatida o‘tgan vazirlar uchrashuvining amaliy natijalari ijobiy baholandi.

 

Mintaqa mamlakatlarining barqaror taraqqiyotiga ko‘maklashish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini takomillashtirish, “yashil” energetikani rivojlantirish, qo‘shma taʼlim dasturlarini amalga oshirish kabi yo‘nalishlar ko‘rsatib o‘tildi.

 

Shu oyda Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Savdo va investitsiyalar bo‘yicha hadli bitim kengashi (TIFA) yig‘ilishiga muhim ahamiyat berilmoqda.

 

Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish borasida keng xalqaro hamkorlikka oid masalalar ham ko‘rib chiqildi.

 

Ushbu mamlakatdagi vaziyatning keskinlashishiga va gumanitar inqirozning avj olishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi, mavjud muammolarni hal qilish algoritmini ishlab chiqish uchun BMT maydonidan faol foydalanish zarurligi, shuningdek, tinchlik jarayoniga va Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklashga ko‘maklashish uchun mintaqaviy infratuzilma loyihalarini qo‘llab-quvvatlash muhimligi to‘g‘risida yakdil fikr bildirildi.

 

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev Entoni Blinkenni qabul qildi | Zamon.uz