TikTok nega taqiqlanmoqda?

TikTok pop-madaniyat, ayniqsa, o‘smirlar o‘rtasida eng mashhur ijtimoiy tarmoqqa aylandi. Ammo so‘nggi haftalarda qator G‘arb davlatlari tarmoq Xitoy kompaniyasiga tegishli ekanini aytib, undan foydalanishni tobora cheklamoqda.

TikTok nega taqiqlanmoqda?

 

 

TikTok pop-madaniyat, ayniqsa, o‘smirlar o‘rtasida eng mashhur ijtimoiy tarmoqqa aylandi. Ammo so‘nggi haftalarda qator G‘arb davlatlari tarmoq Xitoy kompaniyasiga tegishli ekanini aytib, undan foydalanishni tobora cheklamoqda.

 

Dushanba kuni Kanada AQSH va Yevropa Komissiyasi ortidan hukumat qurilmalarida TikTok‘dan foydalanishni taqiqladi. Rasmiylar buni “maxfiylik va xavfsizlik uchun ulkan xavf” bilan izohladi.

 

Nima uchun TikTok taqiqlanmoqda va bunga o‘zi ehtiyoj bormi?

 

TikTok Xitoyning ByteDance  kompaniyasiga tegishli. Kompaniyani doimiy ravishda XXR hukumatiga foydalanuvchilarning shaxsiy maʼlumotlarini berishda ayblab kelishadi. Ayrim ekspertlarning taxminiga ko‘ra, maxfiy maʼlumot ilovani yuklab olishda ochiqlanishi mumkin, bu ayniqsa hukumat qurilmalariga tegishli.

 

Ammo boshqa tahlilchilar, xususan, Jorjtaun universitetining zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha mutaxassisi Anup Chandler bu taqiq geosiyosat bilan bog‘liqligini aytmoqda.

 

“Qo‘shma Shtatlar siyosatchilari o‘zlarini Xitoyga qarshilik ko‘rsatayotganini namoyish qilishga harakat qilmoqda, bu davlat asosiy geosiyosiy dushman sifatida tayyorlanyapti. Shu sababli men uchun bu milliy xavfsizlikni keng qamrovli himoya qilish strategiyasi”, – degan u.

 

Boshqa ekspertlar ham taqiqqa qarshi chiqmoqda. Ular Uber va Facebook ham jurnalistlar joylashgan nuqtalarni kuzatishda ayblanganini aytishgan. Kiberxavfsizlik bo‘yicha ekspert Madlen Karning so‘zlariga ko‘ra, agar maʼlumotlar xavfsizligi inobatga olinsa, hukumat qurilmalari G‘arbning hech qaysi ijtimoiy tarmoqlaridan foydalanmasligi kerak.

 

“Bu platformalar bizga tegishli maʼlumotlarni to‘plashi va boshqalarga berishini yaxshi bilamiz. Maʼlumotlarni himoya qilish agentliklari ularni doimiy ravishda jarimaga tortib keladi. Biz bu tarmoqlarning xavfliligini bilamiz”, – degan u.

 

Ammo AQSH ushbu yo‘nalishdagi ishlarini to‘xtatmayapti. Hozirgi paytda Kongressda TikTok‘ni faqat davlat tashkilotlari uchun emas, balki barcha amerikaliklar uchun taqiqlash masalasi ko‘rib chiqilyapti. Ammo bu keskin muhokamalarga sabab bo‘ldi. Fuqarolar erkinligi Amerika ittifoqi Twitter sahifasida ijtimoiy tarmoqning taqiqlanishi millionlab amerikaliklarning huquqlarini buzishini yozib chiqdi.

 

Jarayonni kuzatib borayotgan tahlilchilar bu kabi keng qamrovli taqiqqa skeptik yondashmoqda.

 

“AQSH hukumatida ilovani to‘liq taqiqlashga yo‘l qo‘ymaydigan cheklovlar bor. Agar so‘z erkinligi haqida gap ketsa, bu Konstitutsiyaning buzilishiga olib keladi. TikTok‘ni to‘liq taqiqlash qiyin. Aslini olganda bu butunlay imkonsiz. Siz TikTok ishini qiyinlashtirish, reklama yoki sotuvlarni murakkablashtirishingiz mumkin, ammo unga kirishni yopib bo‘lmaydi”, – degan Vashington strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi tahlilchisi Jeyms Lyuis.

 

O‘z navbatida Xitoy tashqi ishlar vazirligi seshanba kuni G‘arb davlatlarining qarorini qoralab chiqdi. Vazirlik rasmiy vakili Mao Nin AQSHning TikTok oldidagi qo‘rquvlaridan hayratlanganini bildirgan. Diplomat Vashingtonni “davlat xavfsizligi tushunchasini mutloqlashtirmaslik”ka chaqirdi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

TikTok nega taqiqlanmoqda? | Zamon.uz