O'zbekiston

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor F.Ch.dan undiruvchi I.Ch. foydasiga ikki nafar farzandining taʼminoti uchun qarzdorning oylik ish haqi va boshqa daromadlaridan har oyda 1/3 qism miqdorida aliment undirish belgilangan.

Davlat ijrochisining huquqiy tushuntirishlari va olib borilgan profilaktik muloqotlar natijasida qarzdor aliment majburiyatini har oylik to‘lovlar shaklida emas, balki ikki nafar farzandi 18 yoshga to‘lguniga qadar to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment mablag‘larini oldindan to‘liq taʼminlash yo‘lini tanladi.



Hisob-kitoblarga ko‘ra, ikki nafar farzand uchun ular 18 yoshga to‘lguniga qadar to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment mablag‘lari 319 mln 322 ming 903 so‘m miqdorida hisoblanib, mazkur majburiyat qarzdor tomonidan oldindan bajarildi.

Bundan tashqari, fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi hal qiluv qaroriga asosan, qarzdor tomonidan ikki nafar farzandi voyaga yetguniga qadar ularning taʼminoti uchun aliment majburiyati Mirobod tumanida joylashgan uy-joy hamda “NEXIA 3” rusumli avtotransport vositasini berish orqali ham taʼminlandi.



Shu tariqa, farzandlarning kelajagi va moddiy taʼminoti bilan bog‘liq majburiyatlar oldindan hal etilib, aliment to‘lovlarining muntazamligi va farzandlar manfaatlarining kafolatlanishiga erishildi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Toshkent tumanida 156 mln so‘mlik tamaki yoqib yuborildi

Toshkent tumanida 156 mln so‘mlik tamaki yoqib yuborildi

Shuningdek, 2 mlrd so‘mlik dori vositalari ham yo‘q qilingan.

Jizzaxda qidiruvdagi mashinalarga reyd boshlandi

Jizzaxda qidiruvdagi mashinalarga reyd boshlandi

Tadbir MIB va YHXB hamkorligida o‘tkazilmoqda.

Qashqadaryoda fuqaro MIB orqali ishga tiklandi

Qashqadaryoda fuqaro MIB orqali ishga tiklandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 2021 yildan beri ishlab kelayotgan ishxonasidan g‘ayriqonuniy bo‘shatilgan.