Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi
MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan viloyat IIB JXX YHXB maʼmuriy amaliyot bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda maʼmuriy jarimalarni undirish yuzasidan qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida 76 646 ta ijro hujjatlari bo‘yicha 50 milliard 120 million so‘m mablag‘lar undirilgan. Shundan, IIB JXX YXXB organlar qarorlari asosida 66 554 ta ijro hujjatlari bo‘yicha 23 milliard 852 million so‘m mablag‘larni undirish bo‘yicha hujjatlarning ijrosi taʼminlangan.
Qo‘shma reydlar davomida o‘tgan davrda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan bo‘lsa, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.
Misol uchun, qidiruvda bo‘lgan sud xujjatida garov muki sifatida baxolangan fuqaro F.T.ga tegishli “Equinox” rusumli avtoulovi ham reyd tadbirida vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yildi.
Maʼmuriy jarimalarni undirish ishlari davom ettirilmoqda.







