“Ot o’rnini toy bosar”
Jon Kennedining jiyani AQSh Prezidenti bo’lmoqchi.

Senator Robert Frensis Kennedining kichik o‘g‘li va AQShning 35-prezidenti Jon Fisjerald Kennedining jiyani kichik Robert Frensis Kennedi 2024-yilda prezidentlikka nomzodini qo‘ymoqchi. U Demokratik partiyaning praymerizlarida ishtirok etish niyatida.
“Men bu haqda o'yladim. Men eng katta to'siqni yengib o'tdim - rafiqam menga yashil chiroq yoqdi ", - deydi janob Kennedi.
Siyosatchi AQShning amaldagi Prezidenti Jo Bayden ikkinchi muddatga nomzodini qo‘ysa, u bilan raqobatlashishga tayyorligini ta'kidladi.
69 yoshli kichik Robert Kennedi atrof-muhit ifloslanishi va vaksinaga qarshi faol sifatida tanilgan. Hozirgacha bo'lajak saylovlarda o'z nomzodini e'lon qilgan eng mashhur shaxs AQShning 45-prezidenti Donald Tramp bo’lib turibdi.







