Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefonlashdi
Prezidentlar mintaqaviy sheriklik masalalarini ko‘rib chiqqan.

Bugun, 6-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Ikki tomonlama munosabatlar kun tartibining dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
Tovar ayirboshlashning o‘sish surʼatlarini qo‘llab-quvvatlash, ikki mamlakatning yetakchi kompaniya va korxonalari ishtirokida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida investitsiya loyihalarini ilgari surish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Hududlararo hamkorlikni yana-da rivojlantirish, madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Davlat rahbarlari mintaqaviy sheriklik masalalarini ham ko‘rib chiqdilar.








