Dunyoning eng nufuzli siyosatchi ayollari

Jahon siyosati tizginining bir uchi lider ayollar qo‘lida deyish mumkin. Global masalalarda, millionlab insonlar taqdirini hal qiluvchi qarorlar qabul qilishda ham siyosatchi ayollarning roli bugun yaqqol ko‘rinib turadi.

Dunyoning eng nufuzli siyosatchi ayollari

 

Shiddat bilan o‘zgarib borayotgan dunyo siyosati va iqtisodiyoti tizginining bir uchi lider ayollar qo‘lida deyish mumkin. Global masalalarda, muammoli vaziyatlarda  millionlab insonlar taqdirini hal qiluvchi qarorlarni chiqarishda ham siyosatchi ayollarning roli bugun yaqqol ko‘rinib turadi. Jahon sahnida bugungi kunda “bosh rollar”da bo‘lgan yetakchi xonimlar bilan tanishing.

 

Ursula fon der Lyayyen

 

Ursula Gertrude fon der Lyayyen — Yevrokomissiya raisi. 64 yoshli siyosatchi ushbu nufuzli lavozimni egallagan ilk ayol hisoblanadi. Bunga qadar u Germaniyada Oila ishlari vaziri, Mehnat va ijtimoiy ishlar vaziri, Mudofaa vaziri lavozimlarida ishlagan.

Lyayyen xonim  2020–2022 yillarda «Time» jurnalining 100 ta eng nufuzli odami ro‘yxatiga kiritilgan. 2022 yilda esa «Forbes» tomonidan dunyodagi eng kuchli ayol deb topildi.

 

2019 yildan buyon Yevropa kommisiyasini boshqarib kelayotgan bu siyosatchining asil kasbi shifokor. U 1980–1987 yillarda Gonovver tibbiyot maktabida o‘qigan. Shundan so‘ng iqtisodni o‘rganish uchun yana bir qancha universitetlarni tamomlagan. Siyosiy faoliyati bilan birga Ursula fon der Lyayyen 7 farzandning onasi hamdir.

 

Qirolicha Raniya

 

Raniya al-Abdulloh — Iordaniya qirolichasi, qirol Abdulloh II ning xotini. U  1970 yilda Quvaytda asli falastinlik oilada tug‘ilgan. Raniya Quvaytdagi Yangi ingliz maktabida tahsil olgan, keyin Qohiradagi Amerika universitetida o‘qigan. 90–yillarning boshlarida, Quvayt Iroq ishg‘olidan ozod qilingandan so‘ng Raniyaning oilasi Quvaytdan Iordaniyaga qochishga majbur bo‘ldi.

Apple kompaniyasining Iordaniyadagi ofisida ishlashi rad etilganidan so‘ng Raniya qirol Abdullaning singlisi va kuyoviga tegishli Ammandagi Sitibank ofisiga ishga kirdi va 1993 yilda o‘sha yerda shahzoda bilan tanishgan. 1993 yil 10 iyunda ularning to‘ylari bo‘lib o‘tdi.

 

Qirolicha 1995 yili o‘zi asos solgan Iordaniya jamg‘armasi nodavlat tashkiloti rahbari sifatida ayollarga mamlakat iqtisodiyotida ishtirok etish va yangi biznes ochishga yordam beradi.

 

U ayollar huquqlarini himoya qiladi, bolalar zo‘ravonligiga qarshi kurashuvchi yirik kampaniyaga boshchilik qiladi. Shu bilan birga, u xalqaro siyosatda faol ishtirok etib, Falastin hamjamiyatini himoya qiladi.

 

Bundan tashqari, Irodaniya qirolichasi o‘zing go‘zalligi va o‘ziga xos imiji bilan dunyoga tanilgan.

 

Raniya garderobida ko‘pincha anʼanaviy arab kostyumi va g‘arb uslubidagi kiyimlarni birlashtiradi. 2003 yili u Britaniyaning «Hello» jurnali tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, “dunyoning nafislik malikasi” deb topilgan.

 

Sanna Marin

 

Sanna Marin — Finlyandiyaning bosh vaziri. U 1985 yili kambag‘al oilada tug‘ilgan. Marinning bolalagi ijaraga olingan eski uyda o‘tgan. U maktab yillarida avval novvoyxonada, keyin univermagda kassir bo‘lib ishlagan.

Marin o‘zining siyosiy faoliyatini 20 yoshida boshladi, o‘rta maktabni tugatgach, ko‘p o‘tmay Sotsial-demokratik yoshlar tashkilotiga qo‘shildi. Shundan so‘ng siyosat olamiga kirib kela boshladi.

 

2019 yil 8 dekabrda u siyosiy inqiroz natijasida 3 dekabrda isteʼfoga chiqqan Antti Rinne o‘rniga ichki partiyaviy ovoz berishda Bosh vazir etib saylangan.

 

Kamala Xarris

 

Kamala Dayvi Xarris — Amerika Qo‘shma Shtatlarining 49-vitse-prezidenti.  U AQSH tarixida birinchi qora tanli siyosatchi ayol va kelib chiqishi osiyolik vitse-prezidentdir.

1990 yili o‘zi tug‘ilgan Oklend shtatidagi Alameda okrugi prokurori yordamchisi bo‘lib ishlay boshladi. 1994 yilning o‘rtalarida u Kaliforniya ishsizlik sug‘urtasi bo‘yicha apellyatsiya kengashiga yiliga 97 ming dollar maosh bilan tayinlandi. 

 

U 2011–2017 yillarda  Kaliforniya Bosh prokurori  lavozimida ishlagan. 2017-2021 shtat senatori bo‘lib faoliyat olib bordi. 2021 yil 19 noyabrda Jo Baydenning salomatligi bilan bog‘liq muammolar vaqtida Qo‘shma Shtatlar prezidenti vakolati Xarrisga o‘tkazildi.

 

Jorjiya Meloni

 

Meloni o‘zini konservativ deb biladi va fashizm ayblovlarini rad etadi.

 

Meloni 2022 yilgi saylov kampaniyasiga “Birinchi navbatda – Italiya va italiyaliklar!” shiori bilan kirdi. U immigratsiya masalalarida keskin pozitsiyani egallagan va Liviyadan kelgan muhojirlarni olib ketayotgan kemalarni dengiz blokadasiga qayta-qayta chaqirgan. Saylov kampaniyasi doirasida u Italiyaning anʼanaviy muammolariga eʼtibor qaratdi: boy shimol va kambag‘al janub o‘rtasidagi tafovut, ishsizlik va jinoyatchilik.

Meloni NATO bilan ittifoq tuzish va Yevropa Ittifoqi doirasida munosabatlarni mustahkamlash borasida o‘z yo‘lini davom ettirishini aytadi, biroq u Italiya manfaatlarini himoya qilib, mamlakatga jamiyatda ko‘proq suverenitet vaʼda qilish niyatida. 2022 yilning fevralida Rossiyaning Ukrainada maxsus operatsiyasi boshlanishidan oldin Meloni Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilash tarafdori bo‘lgandi. Ayni paytda u maxsus operatsiya o‘tkazilishini qoralaydi va Kiyevga qurol yetkazib berishni davom ettirish zarurligini eʼlon qiladi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Dunyoning eng nufuzli siyosatchi ayollari | Zamon.uz