O'zbekiston

“Olib chiqib tashla buni!” — Toshkentda IIB xodimlari jurnalistga kuch ishlatgani aytildi

Holatga shahar IIBB rasmiy izoh berdi.

“Olib chiqib tashla buni!” — Toshkentda IIB xodimlari jurnalistga kuch ishlatgani aytildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan futbol musobaqasi uchun kassa oldidagi navbatlarni va chipta muammosini yoritishga borgan jurnalist IIB xodimlari tomonidan “haydab solingani” aytilgan video tarqaldi. Holat yuzasidan shahar IIBB maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, 17 mart kuni “Bunyodkor” stadionidagi kassa oldida futbol ishqibozlari juda ko‘p to‘plangan. Kassa oldiga jamoat tartibini saqlash maqsadida IIO xodimlari jalb etilib, uning oldi panjaralar bilan to‘silgan hamda fuqarolar navbat bilan kirishi taʼminlangan.

 

Biroq taxminan soat 14.30 “Renessans TV” telekanali muxbiri va teleoperatori IIO xodimlari tomonidan to‘silgan panjaradan oshib o‘tgan, bu esa boshqa fuqarolarning qattiq eʼtiroziga sabab bo‘lgan. Jamoat tartibini saqlash va fuqarolarni tinchlantirish maqsadida muxbir va teleoperatorga panjaradan tashqariga chiqishi lozimligi tushuntirilgan. IIO xodimlari tomonidan muxbir hamda teleoperatorga nisbatan noqonuniy harakatlar sodir etilmagan va telekanal texnikasiga shikast yetkazilmagan.

 

“Hurmatli OAV vakillari, sizlarning huquqlaringiz qonun bilan kafolatlanadi. Lekin huquq bor joyda majburiyat ham borligini unutmang. IIO xodimlarining asosiy vazifalaridan biri jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlashdir. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan ham o‘zingiz ko‘rib guvoh bo‘lganingizdek, stadion kassalari oldida ko‘plab fuqarolar to‘planib ketgan, navbatsiz chipta olishga bo‘lgan urinishlar esa ayanchli yakun topishi mumkin edi. Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining o‘z vaqtida aralashuvchi sababli kassa oldida jamoat tartibi buzilishiga yoki boshqa huquqbuzarlik va jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi. Sizlardan IIO xodimlarining o‘z xizmat vazifalarini bajarayotgan vaqtida vaziyatni to‘g‘ri tushunishingizni so‘raymiz”, — deyiladi rasmiy munosabatda.

 

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

custom img

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish: 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Senatda jazo choralarini kuchaytirish ko‘rib chiqilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"