Siyosat

Si Szinpin ham Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi

Xitoy rahbari O‘zbekiston Prezidenti va xalqini Navro‘z bayrami bilan qutlagan.

Si Szinpin ham Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi

 

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga maktub yo‘llab, uni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi.

 

“Hurmatli Prezident janoblari!

 

O‘zbekistonning milliy bayrami – Navro‘z ayyomi bilan Xitoy hukumati va xalqi hamda shaxsan o‘z nomimdan Sizni va O‘zbekiston xalqini chin qalbimdan muborakbod etishdan g‘oyat mamnunman.

 

O‘tgan yili sentyabr oyida O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifim chog‘ida bo‘lib o‘tgan do‘stona va sermahsul muzokaralarimiz natijasi o‘laroq mamlakatlarimizning strategik hamkorligini yana-da rivojlantiruvchi, xalqlarimiz manfaatiga xizmat qiluvchi qo‘shma bayonot qabul qildik, davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish istiqbollarini belgilab oldik.

 

Men Xitoy – O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishga katta eʼtibor qarataman. Sizning joriy yil may oyiga rejalashtirilgan ilk “Xitoy – Markaziy Osiyo” sammitida ishtirok etishingizni va Xitoyga davlat tashrifingizni kutib qolaman.

 

Siz bilan birgalikda Xitoy – Markaziy Osiyo munosabatlari istiqbollari hamda mamlakatlarimizning ikki tomonlama hamkorligiga oid katta rejalarini muhokama etishimiz O‘zbekiston-Xitoy hamkorligini yana-da yuqori darajaga ko‘tarishiga ishonchim komil.

 

Fursatdan foydalanib, Siz Janobi Oliylariga mustahkam sog‘lik-salomatlik, masʼuliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman.

 

Do‘st O‘zbekiston xalqiga baxt va farovonlik hamisha yor bo‘lsin!” — deyiladi maktubda.  

 

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Si Szinpin ham Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi | Zamon.uz