Anomal sovuq ortidan anomal issiq kelmoqda. O‘zbekiston bunga tayyormi?

BMT global isish bilan kurashish uchun shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi.

Anomal sovuq ortidan anomal issiq kelmoqda. O‘zbekiston bunga tayyormi?

 

Yurtimizda 2023 yil o‘ziga xos tarzda boshlandi... Hech kutilmaganda, yana qahraton qishda anomal sovuq kirib keldi. Anomal sovuq, anomal sovuq degan bir-biridan “sovuq” xabarlar ko‘pchilikni esankiratib qo‘ydi. Barcha hududlarda qor yog‘ib, havo harorati keskin tushib ketdi. Yo‘llarda muzlamalar paydo bo‘lib, transportlar harakati og‘irlashdi. Sovuq ob-havo sababli hatto poyezdlar yo‘lda to‘xtab qoldi, mahalliy va xalqaro aviareyslar ham kechiktirildi.

 

Eng asosiysi, tabiiy gaz va elektr energiyasi taʼminotida tom maʼnoda inqiroz yuzaga keldi. Ayniqsa, poytaxtning ko‘plab tumanlari sutkalab gazsiz va elektr tokisiz qoldi... Xullas, bu yilgi qattiq qish O‘zbekistonni anomal sovuqqa tayyor emasligini ko‘rsatdi. Hatto buni mutasaddi rahbarlar ham tan oldi. anomal sovuqdanku, amallab chiqdik. Ammo endi anomal sovuq ortidan global isish kelmoqda. Yaʼni, BMT global isish bilan kurashish uchun shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi.

 

IO‘XEG raisi insoniyat uchun yashashga yaroqli, barqaror kelajakni taʼminlash uchun shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi.

 

Yetakchi olimlar BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo ekspertlar guruhi (IO‘XEG) tomonidan 20 mart, dushanba kuni yangi hisobot eʼlon qildi. Unga ko‘ra, haroratning ko‘tarilishi, tabiiy ofatlar va ekotizimlarning qaytarilmas degradatsiyasi butun dunyoda inson hayoti va tabiati uchun tobora xavfli bo‘lib bormoqda.

 

Hisobotda hozirgacha global haroratning xavfli chegaradan 1,5 darajadan oshib ketishining oldini olish bo‘yicha qilingan saʼy-harakatlar «iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish uchun yetarli emas», deydi ekspertlar, lekin hali ko‘p variantlar mavjudligi taʼkidlanadi.

 

«Iqlim bo‘yicha samarali va adolatli harakatni joriy etish nafaqat tabiat va odamlarga yo‘qotish hamda zararni kamaytiradi, balki kengroq foyda keltiradi», — dedi IO‘XEG raisi Hyoseong Li.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, hisobot «ko‘proq ambitsiyali choralar ko‘rish zarurligini taʼkidlaydi va agar biz hozir harakat qilsak, baribir hamma uchun yashashga yaroqli, barqaror kelajakni taʼminlashimiz mumkinligini ko‘rsatadi».

 

IO‘XEG hisobotida Aytilishicha, global isishni sanoatgacha bo‘lgan darajadan 1,5 daraja Selsiyda ushlab turish «barcha sektorlarda parnik gazlar tashlamalarini sezilarli, tez va doimiy ravishda kamaytirishni» talab qiladi. Ular allaqachon pasayish bosqichida bo‘lishi kerak va 2030 yilga borib, 2015 yilgi iqlim bo‘yicha Parij kelishuvida ko‘rsatilganidek, isishni 1,5 darajagacha cheklash uchun deyarli ikki baravar kamaytirish kerak bo‘ladi. Olimlarning yozishicha, yashashga yaroqli va barqaror kelajak uchun imkoniyatlar oynasi tezda yopilmoqda.

 

«Iqlim bombasi sekin chiqillamoqda. Biroq bugungi IO‘XEG hisoboti iqlim bombasini qurolsizlantirish bo‘yicha qo‘llanma hisoblanadi. Bu insoniyat uchun omon qolish bo‘yicha qo‘llanma», dedi BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish videomurojaatida.

 

Sir emas, xalqimiz bu yilgi qishda ko‘p qiyinchiliklarni boshdan kechirdi. anomal sovuq haqida avvaldan ogohlantirishlar bo‘lishiga qaramay, tizimdagi kamchiliklar yaqqol ko‘zga tashlandi. Hali yoz fasliga 2 oy atrofida vaqt bor. Olimlar global issiq haqida ogohlantirish berishni boshladi. Xo‘sh, O‘zbekiston bunga tayyormi? anomal sovuq mutasaddilarga bo‘lgan ishonchni chilparchin qilgandi. Global issiq yo‘qotilgan ishonchni qaytara oladimi? Buni esa vaqt ko‘rsatadi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.