Olga Buzova muxlisidan kaltak yedi
Konsert vaqtida muxlislar ichidan chiqqan bir erkak uning qo‘lidagi mikrofonni olmoqchi bo‘lgan.

Rossiya estradasi yulduzi Olga Buzova Dubaydagi konsertida muxlisidan kaltak yedi.
O‘zining so‘zlariga ko‘ra, konsert vaqtida muxlislar ichidan chiqqan bir erkak uning qo‘lidagi mikrofonni olmoqchi bo‘lgan va labini yorgan. Shunga qaramay qo‘shiqchi ijro etishda davom etgan.
Qo‘shiqchining o‘zi bunday noxush hollarni eslab qolmaslikka harakat qilishini ham taʼkidlab o‘tgan.







