Erdog‘on va Putin telefon orqali muloqot qildi
Rossiya rahbari turk xalqini muqaddas Ramazon oyi bilan tabrikladi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdog‘on bilan telefon orqali suhbatlashdi. Hamkasblar Suriya muammosini muhokama qilishgan.
Kreml tarqatgan xabarga ko'ra, suhbatda "Turkiya-Suriya munosabatlarini normallashtirish jarayonini davom ettirish muhimligi ta'kidlangan".
“Turkiya Prezidenti bu borada Rossiyaning konstruktiv vositachilik rolini alohida ta’kidladi”, — deyiladi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti matbuot xizmati xabarida.
Shuningdek, Putin Erdog‘on va turk xalqini musulmonlarning muqaddas Ramazon oyi bilan tabrikladi.







