Siyosat

Saida Mirziyoyeva AQSH Davlat departamenti vakillari bilan uchrashdi

Unda OAV va so‘z erkinligi masalalari muhokama qilindi.

Saida Mirziyoyeva AQSH Davlat departamenti vakillari bilan uchrashdi

 

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha shoʻba mudiri Saida Mirziyoyeva AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Donald Lu bilan uchrashdi.

 

Ta’kidlanishicha, uchrashuvda madaniy merosni asrab-avaylash, ommaviy axborot vositalari va so‘z erkinligini rivojlantirish hamda vaziyatni yaxshilash uchun davlatlar birgalikdagi hamkorligi kabi muhim masalalar ko‘tarilgan.

 

Shuningdek, O‘zbekiston va AQSHning ta’lim sohasidagi o‘zaro hamkorligi, bugungi kunda respublikada bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar va kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

 

"Ta’lim strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi Prezident Administrasiyasi xodimi sifatida men uchun bolalar va yoshlarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish ustuvor vazifa ekanini ta’kidladim", – deb yozgan Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva AQSH Davlat departamenti vakillari bilan uchrashdi | Zamon.uz