Siyosat

Prezident nomiga Muborak Ramazon oyi munosabati bilan tabriklar kelmoqda

Tabriknomalarda xorijiy hamkorlar mamlakatimiz yetakchisi va ko‘p millatli O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, taraqqiyot va ravnaq yo‘lida yangi muvaffaqiyatlar tilagan.

Prezident nomiga Muborak Ramazon oyi munosabati bilan tabriklar kelmoqda

 

Jamiyatda insonparvarlik, bag‘rikenglik, ezgulik, mehr-oqibat g‘oyalari va qadriyatlarini qaror toptiruvchi muqaddas Ramazon oyi kirib kelgani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga xorijiy mamlakatlarning davlat va hukumatlari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat va din arboblaridan qutlovlar kelmoqda.

 

Tabriknomalarda xorijiy hamkorlar mamlakatimiz yetakchisi va ko‘p millatli O‘zbekiston xalqiga o‘zining chuqur hurmat-ehtiromini bildirib, tinchlik-osoyishtalik, taraqqiyot va ravnaq yo‘lida yangi muvaffaqiyatlar tilagan.

 

Jumladan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

 

Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud;

Saudiya Arabistoni Valiahdi, Vazirlar Kengashi Raisi Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud;

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an;

Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy;

Birlashgan Arab Respublikasi Prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum;

Quvayt Davlati Amiri Tamim bin Hamad Ol Taniy;

Quvayt Davlati Amirining o‘rinbosari Abdulloh bin Hamad Ol Taniy;

Iordaniya Podshohi Abdulla II;

Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;

Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha;

Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev;

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda.

 

Qutlovlar kelishda davom etmoqda.

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"