O'zbekiston

O‘zbekiston Turkiyaga "modulli uy"lar jo‘natadi

Turar-joy konteyner inshooti Hatay viloyatidagi Ovakent qishlog‘iga o‘rnatiladi.

O‘zbekiston Turkiyaga "modulli uy"lar jo‘natadi

 

“Anadolu” agentligining xabar berishicha, fevral oyida epitsentri Qahramonmarashda bo‘lgan halokatli zilzilalardan so‘ng Turkiyaga yordam qo‘lini cho‘zgan O‘zbekistonning xayriya yordami doirasida jo‘natiladigan har birida bir oila sig‘adigan 100 ta turar-joy konteyner inshooti Hatay viloyatidagi Ovakent qishlog‘iga o‘rnatiladi. Modulli uylar Istanbuldagi o‘zbek diasporasi tomonidan 2016 yilda tashkil etilgan Seyhun taʼlim va madaniyat uyushmasining bevosita ko‘magida o‘rnatilmoqda.

 

Ushbu modulli uylarning umumiy maydoni 21 metr kvadrat bo‘lib, unda oshxona, hojatxona va hammom mavjud. Konteynerlar issiqlik izolyatsiyasi bilan jihozlangan va turli mavsumiy omillarga chidamli. Ularni o‘rnatish 15 kishidan iborat jamoa tomonidan amalga oshiriladi.

 

«Ovakent hududida 100 ta konteyner o‘rnatishni rejalashtirganmiz. Ayni paytda 80 dan ortiq konteyner o‘rnatish uchun qurilish materiallari mavjud. Konteynerlarimizning o‘ziga xos jihati shundaki, ular murvat bilan mahkamlangan, yaʼni istak bo‘lsa yig‘ilib, ko‘chirilishi mumkin bo‘lgan tarzda ishlab chiqilgan», — deydi Uyushma rahbari Tohir Abdulla.

 

Uning qo‘shimcha qilishicha, Ovakentda konteyner o‘rnatish ishlari 15 kun ichida yakunlanishi rejalashtirilmoqda.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"