Rossiya yana bir do'stidan ayrildi
Endi Vengriya ham nodo'stona mamlakatlar qatorida.

Vengriya sanksiyalarga qo‘shilgani uchun Rossiyaga nisbatan do‘stona bo‘lmagan davlatlar qatoriga kiradi. Bu haqda Rossiyaning Vengriyadagi elchisi Yevgeniy Stanislavov aytib o'tdi.
“Fakt shuki, Vengriya Bryusselning Rossiyaga qarshi barcha sanksiyalar paketlariga qoʻshilgan va ularga qatʼiy rioya qilishga majbur. Shuning uchun u Rossiyaga nisbatan do‘stona munosabatda bo‘lmagan, bizning javob choralarimiz qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan davlat sifatida tasniflanadi”,- deydi Stanislavov.
“Budapesht pragmatik pozitsiyani namoyish etmoqda, u hatto Yevropa Ittifoqi va NATOdagi ittifoqchilari bosimi ostida ham taslim boʻlmoqchi emas”, — deya qoʻshimcha qildi diplomat.







