Turkiyadagi saylovda muxolifat yutsa, muhojirlar holi nima bo‘ladi?

So‘nggi 10 yilda Suriyadagi urushdan qochgan odamlarning mamlakatga oqimi keskin oshgan.

Turkiyadagi saylovda muxolifat yutsa, muhojirlar holi nima bo‘ladi?

 

Turkiyada 14 may kuni o‘tkaziladigan saylovlar uchun ortga sanoq boshlandi.  Saylovchilar uchun eng muhim masala — iqtisod. Ammo migrantlar inqirozi nafaqat jamoatchilik, balki hokimiyat uchun kurashayotgan siyosiy partiyalar uchun ham o‘ta muhim hisoblanadi.

 

So‘nggi o‘n yilda Suriyadagi urushdan qochgan odamlarning mamlakatga oqimi keskin oshdi. Ko‘pchilik Turkiyani kesib o‘tib, Yevropaga yetib borishga urinadi. Ammo millionlab odamlar shu yerning o‘zida  qolib ketmoqda. Ayrim so‘rovlar shuni ko‘rsatadiki, xorijliklar soni ko‘paygan sari immigratsiyaga qarshi kayfiyat ham ortgan. Demak, immigratsiya saylovlarda dolzarb mavzuga aylangan va bu Yevropa Ittifoqiga ham taʼsir qilishi mumkin.

 

Milliy alyans muxolifat bloki 2 yil ichida 2 million suriyalikni vataniga jo‘natishga vaʼda berib, ovozlarni qo‘lga kiritishga umid qilmoqda. 2023 yil mart oyi holatiga ko‘ra, Turkiyada vaqtinchalik himoya ostida ro‘yxatga olingan suriyalik qochqinlar soni 3 447 837 nafarni tashkil qiladi. Ayni paytda migratsiya siyosati tarafdorlari tomonidan qattiq tanqidga uchragan prezident Rajab Toyyib Erdog‘an har ikki tomonni tinchlantirishga harakat qilmoqda. O‘tgan yili u o‘z hukumati 1 million suriyalikni ixtiyoriy ravishda qaytarib yuborish sxemasi ustida ishlayotganini maʼlum qilgandi. Biroq bir necha kundan keyin u “Biz ularni bu yerdan hech qachon quvib chiqarmaymiz. Eshiklarimiz ochiq. Biz ularni uyda kutib olishda davom etamiz va qotillar oldida tiz cho‘ktirmaymiz”, degan.

 

Saylovdan besh oy oldin esa Erdog‘an yarim milliondan ortiq suriyalik vataniga qaytishga qaror qilganini eʼlon qilib, ixtiyoriy qaytish «tezlashayotganini» aytdi.  Muhojirlar Anqara va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi savdo-sotiq mavzusiga aylandi. 2016 yili Yevropa Ittifoqi va Turkiya o‘rtasida qochqinlar bo‘yicha kelishuv imzolangan, uning maqsadi Gretsiyaga noqonuniy yo‘llar bilan kirgan odamlarni Turkiyaga qaytarib yuborish orqali muhojirlar oqimini to‘xtatish edi. Buning evaziga Bryussel Anqaraga suriyaliklarni joylashtirish, shuningdek, turk fuqarolari uchun viza rejimini liberallashtirish uchun 6 mlrd yevro ajratishga vaʼda berdi.

 

Tahlilchilarga ko‘ra, Turkiya uchun eng real yechim qochqinlarni quvib chiqarishdan ko‘ra ulardan fevral oyidagi dahshatli zilziladan keyin qayta qurish uchun foydalanish bo‘ladi.  2017 yili suriyaliklarning 32 foizga yaqini uchinchi davlatga joylashishni xohlasa, 2021 yili bu raqam 64 foizga oshgan.

 

Saylov natijalari qanday bo‘lishidan qatʼiy nazar migratsiya keyingi yillarda nozik masala bo‘lib qolishi mumkin. G‘arb davlatlari muhojirlarni qo‘shni davlatlarga deportatsiya qiladi, qo‘shnilar esa ularni o‘z mamlakatlariga jo‘natadi.

 

Muxolifat bloki saylovoldi tashviqoti davomida Turkiyadagi muhojirlar inqirozini to‘rt bosqichli hal qilish yo‘lini belgilab berdi. Birinchidan, u mamlakat qo‘shnilari bilan tinchlik o‘rnatishga va Suriya hukumati bilan “muzokara stoliga o‘tirishga” harakat qilmoqchi. Yangi hukumatning birinchi ustuvor vazifasi Yevropa Ittifoqining migratsiya va chegara siyosatiga qarshi inson huquqlari tamoyillariga asoslangan tanqidiy va kuchli diplomatiya qurish bo‘lishi kutilmoqda.

 

Erdog‘anning partiyasi hali o‘zining saylovoldi dasturini eʼlon qilmadi. Biroq uning Suriya bilan muzokaralar olib borish istagi va suriyaliklarni joylashtirish harakatlari kampaniyaning asosiy elementlari hisoblanadi.

 

2019 yili Erdog‘an minglab muhojirlarni Gretsiya chegarasiga olib borib, agar xalqaro yordam kelmasa va Yevropa Ittifoqi uning Suriyaga harbiy aralashuvini tanqid qilishda davom etsa, ko‘proq muhojirlar yuborilishi haqida ogohlantirgandi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

Turkiyadagi saylovda muxolifat yutsa, muhojirlar holi nima bo‘ladi? | Zamon.uz