0

"Tolibon" afg‘on ayollariga mamlakatdagi BMT agentliklarida ishlashni taqiqladi

BMT bu taqiqni qabul qilib bo‘lmaydigan hamda tushunarsiz deb atadi va vaziyatga oydinlik kiritish uchun Kobulda rasmiylar bilan uchrashish niyatida ekanliklarini bildirdi.

"Tolibon" afg‘on ayollariga mamlakatdagi BMT agentliklarida ishlashni taqiqladi

 

"Tolibon" harakati BMT muassasalarida ishlayotgan afg‘on ayollariga Afg‘oniston hududida ishlashni taqiqladi. BMT vakillari vaziyatga oydinlik kiritish uchun Kobulda rasmiylar bilan uchrashmoqchi, deya xabar berdi DW agentligi.

 

«Turli kanallar bizga bu taqiq butun mamlakat hududiga taalluqli ekanligini maʼlum qilishdi», — dedi BMT Bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik.

 

Dyujarrik bu taqiqni «bemaʼni va asossiz» deb atadi va bu gumanitar tashkilotlarning muhtojlarga yordam berish qobiliyatiga putur yetkazishi mumkinligini aytdi.

 

Avvalroq afg‘on ayollari mehnatiga qo‘yilgan taqiq faqat sharqiy Nangarhor provinsiyasiga taalluqli ekani xabar qilingandi.

 

BMT vakillari vaziyatni baholash uchun chorshanba kuni Kobulda rasmiylar bilan uchrashish niyatida.

 

2022 yil dekabr oyida "Tolibon" ayollarga nodavlat tashkilotlarda ishlashni taqiqladi. Katta xalqaro norozilikdan so‘ng, sog‘liqni saqlash sohasida taqiq yengillashtirildi.

 

Biroq bu cheklov BMT agentliklariga nisbatan qo‘llanilmagan.

 

2021 yil avgust oyida hokimiyat tepasiga kelgan "Tolibon" Afg‘onistonda ayollarga nisbatan bir qator kamsituvchi cheklovlar qo‘ygan.

 

Bundan tashqari, musiqa, ijtimoiy tarmoqlar va video o‘yinlar ham qonundan tashqari deb topildi.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"