Toshkentda Nissan va Cobalt YTHga uchradi
Oqibatda haydovchilardan biri jarohatlangan.

Bugun, 8 aprel kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida ikkita avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan shahar IIBB YHXB maʼlumot berdi.
Holat Mirzo Ulug‘bek tumanining Feruza ko‘chasida soaty 15:00 larda yuz bergan. Unda Nissan rusumli avtomashina Cobalt bilan o‘zaro to‘qnashgan. Oqibatda Nissan haydovchisi tan jarohat olgan.
Hozirda YTH yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.








