Tilning kuchi: bir nechta tilda gapiruvchilarning ustunlik va kamchiliklari
Bugun dunyoda ko‘pchilik kamida ikki tilda gaplashadi. Yevropada aholining 2/3 qismi ikki yoki ko‘p tilli sanalаdi. Xo‘sh, buning qanday foydali tomonlari bor?

Bugun dunyoda ko‘pchilik kamida ikki tilda gaplashadi. Yevropada aholining 2/3 qismi ikki yoki ko‘p tilli sanaldi. Kelib chiqishi moldovalik bo‘lgan amerikalik professor Viorika Marian 1990 yillardan beri ko‘p tilli odamlarning miyasini o‘rganib keladi. U o‘zining “Tilning kuchi: ko‘p tillilik” nomli yangi kitobida ko‘p tillilik bilan bog‘liq eng so‘nggi ilm-fan yangiliklari bilan o‘rtoqlashdi.
“Bir nechta tilda so‘zlashadigan odamlar faqat bitta tilda gapiradigan odamlardan farqli lingvistik, kognitiv va asabiy arxitekturaga ega”, — deb yozadi Marian.
Kitobda ikki yoki undan ko‘p tilda so‘zlashuvchi odamlarning miyalari qanday ishlashiga beshta misol kelirilgan.
1. Bir nechta tilli shaxs. Bir nechta tillarni yaxshi biladigan odamlar ko‘pincha til tizimi o‘zgarganda, ularning shaxsiyatining baʼzi jihatlari kuchliroq namoyon bo‘lishini, yoki aksincha, susayganini his qilishadi.
2. Turli tillarda keladigan maʼlumotlar miyaning turli qismlariga tarqatiladi va u yoki bu til faol ishlatilganda ularning har biri “yoqiladi” degan fikr mavjud edi. Ammo tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bu nazariya noto‘g‘ri. Turli tillar aslida bir xil kortikal sohalar tomonidan qayta ishlanadi. Bunday holda, signallar bir xil bo‘limlarda, lekin turli neyronlar tomonidan qayta ishlanishi mumkin. Ikki tilda gapiradigan insonlar miyasi xotiraga yordam beradigan so‘zlar o‘rtasida aloqalar yaratishga moyil.
3. Ko‘p tilli kishilar bir tilda so‘zlashuvchilarga qaraganda ko‘proq ijodiy va cheksiz fikrlash qobiliyatiga ega. Ijodkorlik, mohiyatiga ko‘ra, miya bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan narsalar o‘rtasida aloqa o‘rnatishiga to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, shoirlar asl metafora va maʼnolarni, faylasuflar yangi tushunchalarni, rassomlar esa inqilobiy usullarni yoki shunchaki kutilmagan ranglar kombinatsiyasini yoki shakllardan foydalanishni o‘ylab topadilar. Ko‘p til biladigan odamlarda bunday miya aloqalari ko‘proq bo‘lganligi sababli ular ijodiy va odatiy fikrlashni talab qiladigan vazifalarni bajarishda yaxshiroq bo‘lishadi.
4. Xotiraning zamonaviy nazariyalariga ko‘ra, agar biror kishi ularni asl voqea bilan bir xil tilda takrorlashga harakat qilsa, xotiralarga kirish osonroq bo‘ladi. Turli tillarda turli neyron aloqalar faollashadi va buning natijasida xotirada turli xil voqealar paydo bo‘ladi. Bu ilmiy muhitda ham yaqqol namoyon bo‘ladi. Misol uchun, agar ikki tilli kishi ispan tilida o‘rganganlari haqida ingliz tilida test topshirsa, yaxshi natija beradi.
5. Turli tillarda gapirish miyadan ko‘p energiya talab qiladi, bu esa uzoq muddatda uni kognitiv pasayishning baʼzi shakllaridan himoya qilishi mumkin.








