Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Xitoy TIV rahbari bilan uchrashdi

Uchrashuvda Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish masalalariga eʼtibor qaratilgan.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy TIV rahbari bilan uchrashdi

 

Bugun, 12 aprel kuni Prezident Shavkat MIrziyoyev Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlar tashqi siyosiy idoralari rahbarlarining navbatdagi uchrashuvida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi aʼzosi, tashqi ishlar vaziri Sin Ganni qabul qildi.

 

O‘zbekiston-Xitoy har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Dastlab tashqi ishlar vaziri Sin Gan davlat rahbariga XXR Raisi Si Szinpinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

 

Uchrashuv davomida siyosiy iroda va birgalikdagi saʼy-harakatlar tufayli ikki tomonlama munosabatlar misli ko‘rilmagan yuksak darajaga ko‘tarilgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Keyingi yillarda tovar ayirboshlash ikki barobar, qo‘shma korxona va loyihalar soni uch barobar ko‘paydi, Xitoydan 11 mlrd dollarlik investitsiyalar jalb qilindi. Pandemiyadan so‘ng muntazam aviaqatnovlar tiklangach, hududlararo aloqalar, taʼlim va madaniy-gumanitar almashinuvlar faollashdi.

 

O‘zbekiston yetakchisi Xitoyga bo‘lajak davlat tashrifi va “Markaziy Osiyo - XXR” sammitiga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligini taʼkidladi.

 

Xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

 

Bugungi kunda texnik hujjatlari tayyorlanayotgan “O‘zbekiston – Qirg‘iziston - Xitoy” temiryo‘lini qurish loyihasini tez fursatda amalga oshirish ahamiyati qayd etildi.

 

Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish va ushbu mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga amaliy ko‘maklashish borasidagi yaqindan muvofiqlashuvni davom ettirish zarurligiga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy TIV rahbari bilan uchrashdi | Zamon.uz