Miya qanday mahsulotlardan ozuqa oladi?
Uni to'g'ri "ovqatlantirish" juda muhim.

Sabzi ko‘rish qobiliyatini yaxshilashga yordam beradi, kalsiyga boy sut mahsulotlari esa suyaklarga foydali ekanligini hamma eshitgan. Ammo miya-chi? U nimadan oziqlanadi?
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, miyani oziqlantirish - bu o'sish va rivojlanishning kalitidir. Nevrologlar nuqtai nazaridan, oziq-ovqat miya salomatligi uchun juda muhim, chunki u tom ma'noda ozuqa moddalari bilan oziqlanadi.
Inson qarigan sari miya turli xil oziq moddalarga muhtoj bo‘ladi va bolalik miyaning o'sishi, rivojlanishi va salomatligi uchun ayniqsa muhim davr hisoblanadi. Hatto hayotning dastlabki bir necha yillarida ham miya haqiqatan yorug'lik tezligida neyronlarni o'stiradi. Bolaning miya hujayralari Somon yo'lidagi yulduzlarga qaraganda ko'proq bo'ladi.
Umuman olganda, olimlar miya salomatligininng kaliti bo'lgan 45 ga yaqin ozuqa moddalarini aniqladilar, jumladan, oqsil, rux, temir, xolin, folat, yod, A vitamini, D vitamini, B6 vitamini, B12 vitamini va omega-3 yog' kislotalari. Quyida sanab o'tilganlardan tashqari, menyuga jo'xori, yong'oq, sitrus mevalari, loviya va turli rangdagi sabzavotlarni qo'shish kerak.
Oziq-ovqat: rezavorlar
NEGA BU MUHIM: Hatto arzon va oddiy rezavorlar, masalan, ko'katlar S vitaminiga boy va ko'pchilik bu ozuqani immunitet tizimi bilan bog'lashsa-da, miya ham bunga muhtoj. Olimlarning aytishicha, S vitamini antioksidant bo'lib, u DNK va hujayralarga zarar yetkazadigan tabiiy ravishda paydo bo'lgan erkin radikallarni zararsizlantirishda muhim rol o'ynaydi.
Bu asab tizimida signallarni uzatish uchun ishlatiladigan kimyoviy moddalar - neyrotransmitterlarning shakllanishi uchun ham muhimdir. S vitamini yetarli bo'lmasa, ko'plab tana to'qimalarining, shu jumladan, miyaning yaxlitligi zaiflasha boshlaydi.
BOLALARGA ULARNI QANDAY YEDIRISH MUMKIN?
Shifokorlar rezavorlarni yogurtga yoki hatto qora shokoladga qo'shib berishni tavsiya qiladi. Shuningdek, rezavorlarni muzlatib, ozgina limon sharbati va chinor siropiga aralashtirish ham mumkin.
Meva: olxo'ri
NEGA MUHIM: Yangi yoki quritilgan olxo'ri kayfiyatni tartibga solishga yordam beradigan neyrotransmitter serotonin bilan bog'liq bo'lgan muhim aminokislota triptofanning ajoyib manbaidir. Bola miyasini triptofan bilan ta'minlash, miyamiz dam olayotgan va tiklanayotgan tunda uxlashiga yordam beradi. Chia urug'lari va qora shokolad tarkibidagi xom kakao tarkibida ham triptofan mavjud.
Bolalarning tushlik qutisida olma, butun olxo'ri, o'rik, maydalangan yeryong'oq bo'lishi foydadan holi emas. Shifokorlarning ta'kidlashicha, agar bolalarning miya sog'lig'i uchun zarur bo'lgan bitta oziq-ovqat bo'lsa, u quyuq bargli ko'katlardir. Ammo aksariyat bolalar ularni yemaydilar. Shuning uchun ularni yassi non, tartlet, latte yoki sho'rvaga solib berish mumkin.
Oziq-ovqat: baliq
NEGA MUHIM: Inson miyasining yarmidan ko'pi yog'dan iborat, ya'ni lipidlar nevrologik salomatlikda rol o'ynashi mumkin. Ammo qanday yog'larni iste'mol qilishingiz muhim. Misol uchun, DHA (dokosaheksaenoik kislota) deb nomlanuvchi omega-3 yog'larining bir turi nerv hujayralarini tiklashda ayni muddaodir.
Shifokorlarning fikricha, bu hujayralar miyaning sog‘lom o‘sishi va rivojlanishi, shuningdek, o‘rganish ko‘nikmalari uchun javobgardir. DHAga eng boy baliqlardan ba'zilari losos, skumbriya, hamsi, sardalya va seld balig'i bo'lib, ularni SMASH qisqartmasi bilan osongina eslab qolsa bo'ladi. Bolalarga esa tez-tez qadoqlangan "baliq tayoqchalari"ni berib turish kerak.
Mutaxassislarning fikricha, ovqatlanish borasida ota-onalar farzandlari uchun eng yaxshi o'rnakdir. Bolalar ota-onalariga qarab, ulardan o'rganishadi. Agar siz bolalaringiz miyani sog'lomlashtiradigan tarzda ovqatlanishini istasangiz, siz ham ularni iste'mol qilishingiz kerak.







