O'zbekiston

Davlat xaridida bir kishiga tegishli ikkita jamiyat “raqobatlashgan”

Holat yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi monitoring o‘tkazdi.

Davlat xaridida bir kishiga tegishli ikkita jamiyat “raqobatlashgan”

 

 

Yozyovon tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi buyurtmasi asosida ichki xo‘jalik yo‘llarida amalga oshiriladigan joriy taʼmirlash ishlari uchun olinadigan TIB-B M-1 markali asfalt sotib olish uchun 3 milliard 494 million so‘mlik davlat xaridi o‘tkazilgan.

 

Mazkur xarid bo‘yicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi monitoring o‘tkazdi. Natijada bir qator qonunbuzilishlariga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.  

 

Ushbu davlat xaridida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning 10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi), 14-moddasi (manfaatlar to‘qnashuvi), 23-moddasi (Xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi) va 42-moddasi (ishtirokchini xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatish shartlari) talablariga amal qilinmagan.  

 

Yaʼni, davlat xaridida ishtirok etgan bitta manzilda faoliyat yurituvchi ikkita masʼuliyati cheklangan jamiyatning rahbari va taʼsischisi bir kishi ekani yaqqol ko‘rinib turgan bo‘lsa-da, mavjud affillanganlik holatlariga baho berilmagan. Nohalol raqobatni keltirib chiqarganligi o‘rganilmagan hamda holat bo‘yicha tanlovni o‘tkazishni vaqtinchalik bekor qilish choralari ko‘rilmagan.  

 

Agentlik axborot xizmatidan maʼlum qilishlaricha, mazkur holatlar bo‘yicha xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi. Qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasiga yuborildi.  

 

Agentlik taqdimnomasiga binoan mazkur xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilindi.  

Özbekistonda töqimaçilik sanoati: işlab çiqariş hajmi 12,9 foizga oşdi

Özbekistonda töqimaçilik sanoati: işlab çiqariş hajmi 12,9 foizga oşdi

Hududlar orasida eng yuqori körsatkiç Farğona viloyatida qayd etilgan.

Umumiy ovqatlaniş korxonalari savdosi oşdi: tovar aylanmasi 229,7 trln sömga yetdi

Umumiy ovqatlaniş korxonalari savdosi oşdi: tovar aylanmasi 229,7 trln sömga yetdi

2026-yil 1-oktyabr holatiga mamlakatda umumiy ovqatlaniş sohasida 30 888 ta tijorat korxonasi faoliyat yuritmoqda.

YHXBga haqoratli murojaat yöllandi: ikki haydovçi 5 sutkaga qamaldi

YHXBga haqoratli murojaat yöllandi: ikki haydovçi 5 sutkaga qamaldi

Jarimalardan norozi bölgan ikki andijonlik haydovçi YHXBning elektron murojaatlar tizimida haqoratli izohlar qoldirgani uçun ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Olmaotadagi yonğin: halok bölgan ikki özbekistonlikning jasadi vatanga olib kelindi

Olmaotadagi yonğin: halok bölgan ikki özbekistonlikning jasadi vatanga olib kelindi

Yonğin vaqtida binodan çiqib ketişga muvaffaq bölgan ikki nafar Özbekiston fuqarosiga ham yordam körsatilgan

Havo sifati yomonlaşişiga qarşi çoralar: qaror loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi

Havo sifati yomonlaşişiga qarşi çoralar: qaror loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi

Loyihada havo sifati keskin yomonlaşgan holatlarda işlab çiqariş, transport harakati va quriliş işlarini vaqtinça çeklaş nazarda tutiladi.

Toshkentda Yangi yilga tayyorgarlik boshlandi: ayrim ko‘chalarda transport harakati cheklanadi

Toshkentda Yangi yilga tayyorgarlik boshlandi: ayrim ko‘chalarda transport harakati cheklanadi

30-noyabrdan 2027-yil 10-yanvargacha ayrim ko‘chalarda avtomobillar harakati vaqtincha to‘xtatiladi.

Özbekistonda sement işlab çiqariş hajmi oşdi: 10 yilda qariyb 3 baravar köpaygan

Özbekistonda sement işlab çiqariş hajmi oşdi: 10 yilda qariyb 3 baravar köpaygan

2015-yilda 8,5 mln tonna sement işlab çiqarilgan bölsa, 2025-yilga kelib bu körsatkiç 24,1 mln tonnaga yetgan.

Toşkent ilk bor “Samoviy nafosat” kubogiga mezbonlik qiladi

Toşkent ilk bor “Samoviy nafosat” kubogiga mezbonlik qiladi

“Humo Arena”da 30 dan ortiq mamlakat gimnastikaçilari iştirokida xalqaro badiiy gimnastika musobaqasi bölib ötadi.