Siyosat

O'zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi

Davlatimiz rahbari, avvalo, Serdar Berdimuhamedovga buvisining vafoti bilan hamdardlik bildirdi.

O'zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 aprel kuni Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

 

O‘zbekiston Prezidenti Turkmaniston Prezidentiga og‘ir judolikka uchragani –buvisi, hurmatli Ogulabat edje Berdimuhamedova hayotdan ko‘z yumgani munosabati bilan chin dildan hamdardlik bildirdi.

 

Suhbatda O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Yaqinda o‘tkazilgan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi, tashqi siyosiy idoralar, transport, madaniyat vazirliklari doirasidagi uchrashuvlar va boshqa tadbirlarning samarali natijalari ijobiy baholandi.

 

Savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari, eng avvalo, “Shovot-Toshovuz” chegaraoldi savdo sonasini tashkil etish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperasiya loyihalarini amalga oshirish, faol madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.

 

Davlat rahbarlari bo‘lajak tadbirlar rejasini ham muhokama qilib, bir-birini yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti bilan qutladilar, ezgu tilaklar bildirdilar.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

O'zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi | Zamon.uz