Go‘zallik qurbonlik talab qiladi!

Ayrim muolajalarni qilishdan oldin ularning minuslarini ham bilib oling.

Go‘zallik qurbonlik talab qiladi!

 

Go‘zallik sanoati hech qachon bir joyda qotib turmaydi. Ayrim yangiliklar tez fursatda ommalashib ketadi. Ammo bir qarashda zararsiz bo‘lgan amaliyotlar ham o‘z nyuanslariga ega. Biror go‘zallik amaliyotiga borishdan oldin ular bilan tanishib chiqqan maʼqul.

 

Vinirlar

 

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmlarga qarasangiz, Gollivud tabassumi ko‘zingizni qamashtiradi. Hozir urf bo‘lgan Vinirlar tishlar bilan bog‘liq qator muammolarni hal qiladi.

 

Ammo ularni o‘rnatish uchun tish emali yarim millimetr arralanadi. Vinir esa stomatologik sement yordamida yopishtiriladi.

 

Vinirlar yorilishi yoki ko‘chib tushishi mumkin. Ularning yaroqlilik muddati 15 yil. Bu davr orasida vinirlar dastlabki ko‘rinishini yo‘qotishi mumkin.

 

Tishlarni oqartirish

 

Tishlarni oqartirganda ularning taʼsirchanligi ortib ketishi yoki milklarga shikast yetishi mumkin. Jarayondan oldin esa tish toshlarini tozalashga to‘g‘ri keladi. Plomba va protez tishlar esa oqarmaydi.

 

Bu muolaja natijasi bir yil saqlanishi mumkin. Siz bu vaqt oralig‘ida kofe, choy va boshqa rangli ichimliklar icha olmaysiz. Aks holda sarflagan pulingiz havoga uchadi.

 

Lazer epilyatsiyasi

 

Lazer epilyatsiyasi yoqimsiz tuklardan xalos bo‘lishning eng samarali usullaridan biridir. Ammo buning ham o‘z minuslari bor.

 

Avvalo barcha tipdagi sochlar ham lazer epilyatsiyasiga to‘g‘ri kelmaydi. Bundan tashqari, amaliyot barcha bosqichlar tugagach ham talab qilinishi mumkin.

 

Ayrim hollarda esa lazer aksincha tuklarni ko‘paytirib yuborishi ham mumkin.

 

Kiprik ektirish

 

Kiprik ektirish juda ommalashgan muolajadir. Ayni paytda ko‘chada sunʼiy kiprik ektirmaganlarni topish qiyinlashib qoldi. Bu jarayon nigohlarni o‘tkirlashtirsada, ko‘zlarga zarar yetkazishi, allergiya chaqirishi mumkin.

 

Bundan tashqari, yopishtirilgan kipriklar tabiiy kipriklarga zarar yetkazishi ham mumkin. Natijada tabiiy kipriklaringiz zaiflashib, siyraklashib qoladi.

 

Qosh mikrobleydingi

 

Qosh mikrobleydingi haqiqiyga o‘xshash qosh chizish imkonini beradi. Ammo og‘riq va noqulaylik tug‘dirishi ham mumkin. Jarayon noto‘g‘ri bajarilgan bo‘lsa, qoshlar notabiiy ko‘rinadi, noto‘g‘ri o‘sish va deformatsiya xavfi ham paydo bo‘ladi.

 

Lablarni kattalashtirish

 

Gialuron kislotasi yordamida lablarni shishirish kosmetik muolaja bo‘lib, u ayrimlar uchun o‘ta og‘riqli o‘tishi mumkin. Bundan tashqari, kislota taʼsiri 6-12 oydan so‘ng keta boshlaydi. Preparat noto‘g‘ri kiritilishi yoki anatomik o‘ziga xosliklar tufayli kislota ko‘chishi va labning qiyshayib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin.

 

Plazmolifting

 

Plazmoliftingni amalga oshirishdan oldin bu mijozning qonidan olingan plazma ekaniga eʼtibor qaratish lozim. Shuning uchun malakali shifokor mijozdan kasalliklar va infeksiyalarga tahlil topshirishni talab qiladi. Bundan tashqari, jarayon og‘riqli o‘tishi va uzoq vaqt talab qilishi mumkin.

 

Yuz terisini kimyoviy pilinglash

 

Bu muolaja vaqtida terining zararlangan hujayralarini yo‘qotish uchun kimyoviy eritmalardan foydalaniladi. piling qo‘yilgan maqsadga qarab terining turli chuqurliklarida qilinishi mumkin.

 

Kimyoviy pilingdan so‘ng yuz qorayishi, qizarishi, gerpes yoki boshqa infeksiyalar uyg‘onishi mumkin. Shuningdek, piling tarkibidagi moddalar yurak, buyrak va jigarga taʼsir qilishi mumkin.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

Go‘zallik qurbonlik talab qiladi! | Zamon.uz