Dunyo bo'ylab fasllar almashinuvi: kimdir terlamoqda, kimdir muzlamoqda

2023 va 2024-yillarda sayyorani qanday ob-havo kutmoqda?

Dunyo bo'ylab fasllar almashinuvi: kimdir terlamoqda, kimdir muzlamoqda

 

Iqlimshunoslarning ma'lum qilishicha, hozirda shimoliy yarim sharda qarama-qarshi iqlim sharoitlari yuzaga kelgan. Ya'ni, Yevropa jazirama issiqni boshdan kechirayotgan bir paytda, Amerikaning g'arbiy qismida aprel oyi uchun xos bo'lmagan g'ayritabiiy sovuq ob-havo kuzatilmoqda. Katta farq yovvoyi tabiatga ham, odamlarga ham ta'sir qiladi. 

 

Ispaniya, Italiya kabi mamlakatlarda odamlar  jaziramadan terlashmoqda. Amerikada esa ko‘chmanchi qushlar havoda muzlab, nobud bo'lgan. Bahorga xos bo'lmagan o'ta issiq va sovuq ob-havo iqlim o'zgarishi oqibatidir.

 

Mutaxassislarning ogohlantirishicha, bu yozda rekord darajadagi issiqlik to'lqini kuzatilishi mumkin.

 

Hozirgi ekstremal ob-havo sharoiti bir qator ofatlarga sabab bo'lmoqda.

Ispaniya shu hafta aprel oyi uchun eng issiq kunga tayyorlanmoqda, sinoptiklar harorat + 40 gacha ko'tarilishini bashorat qilmoqda. Bunday yuqori ko'rsatkichlar odatda iyulgacha kuzatilmas edi. Mamlakatda allaqachon o'rmon yong'inlari boshlangan.

 

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, O'rta yer dengizi mintaqasi iqlim o'zgarishi sababli o'rtacha global ko'rsatkichdan tezroq isimoqda. O‘tgan dam olish kunlari Tailand poytaxti Bangkok hamda boshqa hududlarda odamlar haddan tashqari issiqlik tufayli ko‘chaga chiqmaslik haqida ogohlantirilgan edi.

 

Poytaxtda harorat  +42 ni tashkil qildi, ammo milliy ob-havo xizmati issiqlik indeksi, ya'ni harorat namlik bilan birlashganda, 54C (129F) rekord darajaga yetganini ma'lum qildi.

 

Tailandda odatda yilning shu davrida harorat +37 daraja va undan past bo'ladi.

Halokatli jazirama janubi-sharqiy va janubiy Osiyoni qamrab olgan.

So'nggi haftalarda Yaponiya, Bangladesh, Hindiston, Xitoy va Laos kabi davlatlar havo harorati ko'tarilgan o'ndan ortiq mamlakatlar qatoriga kirdi.

 

Hindistonning baʼzi qismlarida maʼmuriyat 40 darajadan yuqori harorat tufayli maktablarni bir haftaga yopdi.

Mamlakatning ko'p qismida aprel va iyun oylarida havo harorati me'yordan yuqori bo'lishi kutilmoqda.

 

Dunyoning boshqa bir qismida esa, aksincha, qishki harorat hukm surmoqda. 

Ayni paytda, Kaliforniya, Alabma va bir qator shtatlarda rekord darajadagi qor bo'roni yuz bermoqda. 

 

Mutaxassislarning ogohlantirishicha, qalin qor tufayli Los-Anjeles va San-Fransisko o'rtasidagi daryolarda suv ko'tarilishi mumkin, buning ortidan toshqinlar boshlanadi.

 

2023 va 2024-yillarda nimalar kutilmoqda? 

 

Iqlimshunoslarning ogohlantirishicha, o‘rtacha global harorat bu bu yil va 2024-yilda rekord darajaga yetishi mumkin.

 

Iqlim modellari shuni ko'rsatadiki, Tinch okeanida uch yil davomida global haroratni biroz pasaytiradigan La Nina hodisasi muammoni yengillashtirishga yordam berishi mumkin.

El-Nino paytida ekvator bo'ylab g'arbga esadigan shamollar sekinlashadi va iliq suv oqimi sharqqa suriladi, bu esa okean yuzasida iliqroq haroratni yaratadi. El-Nino, odatda, rekord darajadagi harorat bilan bog'liq. 

 

Olimlar yana haddan tashqari issiqlik to'lqinlari, o'rmon yong'inlari, qurg'oqchilik va suv toshqini haqida ogohlantirdilar.

London Imperial kollejining katta o‘qituvchisi, doktor Friederike Ottoning aytishicha, El-Ninodan kelib chiqqan haroratlar mamlakatlar allaqachon boshdan kechirayotgan salbiy ta’sirni yanada kuchaytirishi mumkin.

 

"Agar El-Nino rivojlansa, 2023-yil 2016-yildan ham issiqroq bo'lishi ehtimoli bor - odamlar qazib olinadigan yoqilg'ilarni yoqishda davom etar ekan, dunyo isishda davom etadi", - dedi doktor Otto.

 

Buyuk Britaniyada uy xo'jaliklari va suv kompaniyalari navbatdagi quruq va issiq yozga tayyorgarlik ko'rmoqda, rasmiylar aholini suvni tejashga e'tibor qaratishga chaqirishmoqda.

 

Yangi tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, bu oyda global dengiz harorati rekord darajaga yetgan va ilgari ko'rilmagan darajada o'smoqda.

 

Shimoliy Amerika qirg'oqlaridagi suvning harorati 1981-2011-yillardagi o'rtacha ko'rsatkichdan 13,8 darajaga yuqori. Okeanlar haroratining o'zgarishi dengiz sathining ko'tarilishiga hissa qo'shish bilan birga, ekstremal ob-havoga ham ta'sir qilishi mumkin. Bu suv osti olamini ham nobud qilishi mumkin.

 

Shunday qilib, Jahon Meteorologiya tashkiloti insoniyatni oldinda bir-biridan issiq yillar kutayotganini ma'lum qildi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

Dunyo bo'ylab fasllar almashinuvi: kimdir terlamoqda, kimdir muzlamoqda | Zamon.uz