0

Misr hukumati O‘zbekistonga “gepatit C”ga qarshi dori vositalarini yubordi

Bu 10,5 ming nafar bemorlarni davolash tadbirlarida ishlatiladi.

Misr hukumati O‘zbekistonga “gepatit C”ga qarshi dori vositalarini yubordi

 

Misr hukumati tomonidan O‘zbekiston shifoxonalarida foydalanish uchun insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan, dunyoda keng tarqalgan kasalliklardan biri – “gepatit C”ga qarshi “Daklatasvir” dori vositasining dastlabki partiyasi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Qohiradagi elchixonasi tomonidan ishlab chiqilgan yukning mamlakatga olib kelinishi O‘zbekiston va Misr o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlikni yana-da jadallashtirish, virusologiyada o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish doirasida avval erishilgan kelishuvlarning amaliy natijasi hisoblanadi.

 

Umumiy qiymati 35 ming dollarni tashkil etgan 17 ming qutidan ortiq “Daklatasvir” dori vositasi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlar uchun ishlatiladi.

 

Taʼkidlanishicha, O‘zbekiston va Misr sog‘liqni saqlash idoralari 2023—2024 yillar davomida umumiy qiymati 4,8 million dollarlik jami 800 ming dona (40 tonnaga yaqin) “gepatit C”ga qarshi “Daklatasvir” va “Sofosbuvir” dori vositalarini mamlakatga bepul yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

 

Aprel boshlarida O‘zbekistonda 1 million aholi virusli gepatitning  B va C turlariga qarshi skriningdan o‘tkazilishi maʼlum qilingandi. Mazkur tekshiruvlarda virusli “gepatit C” kasalligi tasdiqlangan 10,5 ming nafar bemorlarda davolash tadbirlari amalga oshiriladi.

 

Misr hukumati O‘zbekistonga “gepatit C”ga qarshi dori vositalarini yubordi.

 

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"