“The Guardian”: G‘arb davlatlari Ukraina Qurolli Kuchlarining qarshi hujumga tayyor emasligidan xavotirda
Gazetaning yozishicha, Ukraina armiyasida sifatli tayyorgarlik ko‘rish uchun yetarli vaqt yo‘q, o‘q-dorilar ham yetarli emas.

Ukrainaga yordam berayotgan G‘arb davlatlari uning qurolli kuchlari holati va qarshi hujumga o‘tishni istamasligidan xavotirda. Bu haqda yakshanba kuni “The Guardian” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ukrainaga yordam uchun milliardlab dollar sarmoya kiritgan AQSH va Yevropa davlatlari qarshi hujumni kutmoqda, frontdagi statik vaziyat ayrim yuqori martabali amaldorlarda Ukraina kampaniyasining muvaffaqiyatiga shubha uyg‘otmoqda.
Ukraina Qurolli Kuchlarining yaqinlashib kelayotgan qarshi hujumi haqidagi xabarlar 25 aprelm kuni paydo bo‘ldi. O‘shanda “The New York Times” Pentagon va Amerika razvedkasining internetga sizdirilgan maxfiy hujjatlariga tayanib, Ukraina qo‘shinlari kelasi oy janubiy yo‘nalishda operatsiya boshlashni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.
Nashrning yozishicha, buning uchun aprel oyi oxirigacha Ukraina har biri 4 ming kishidan iborat 12 ta jangovar brigadani tayyorlashi kerak.







