O'zbekiston

O‘zbekistonda “Elektron retsept” tizimi joriy etiladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

O‘zbekistonda “Elektron retsept” tizimi joriy etiladi

 

1-may kuni “Sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

 

O‘zbekiston va “KfW” banki o‘rtasida “Raqamli sog‘liqni saqlash islohotlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi uchun 5 yillik imtiyozli davr bilan 12 yil muddatga 45 million yevro miqdorida qarz bitimi hamda 5,5 million yevro miqdorida grant bitimi imzolangan.

 

Qarorga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi loyihani o‘z vaqtida amalga oshirish hamda muvofiqlashtirish bo‘yicha masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi.

 

Qarz mablag‘larini qaytarish respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

 

Qarorga muvofiq, loyihani o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish uchun Raqamli sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish loyiha ofisi tashkil etiladi.

 

Shuningdek, qarorga ko‘ra, loyiha doirasida joriy etilayotgan axborot tizimlaridan foydalanish bo‘yicha litsenziyalar uchun to‘lovlar ularni joriy etish xarajatlari tarkibiga kiritiladi hamda ular axborot tizimi amaliyotga to‘liq joriy etilgandan so‘ng kamida 5 yil mobaynida amal qiladi.

 

Loyihani amalga oshirish jarayonida iqtisod qilingan mablag‘lar ustuvor ravishda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini raqamlashtirish hamda kompyuter texnikasi vositalarini xarid qilishga yo‘naltiriladi.

 

Qaror bilan 2023–2025 yillarda sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

 

 Chora-tadbirlar rejasida, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan:

 

➖ “Elektron retsept” (reimbursatsiya) tizimini joriy etish;

 

➖ Sanatoriylarga yo‘llanma olish, navbatni kuzatish va mavjud bo‘sh o‘rinlarni ko‘rish imkoniyatini beradigan “Elektron sanatoriy” platformasini ishlab chiqish;

 

➖Onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarning elektron ro‘yxatini yuritishga mo‘ljallangan “Cancer-registr” axborot tizimini joriy etish;

 

➖Ona va bola salomatligi pasportining elektron tizimini yaratish;

 

➖Yagona portal orqali vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari maʼlumotnomalarini olish imkoniyatini yaratish.

 

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"