O'zbekiston

AQSH ko‘magida zilzilalarni aniqlovchi stansiya ochildi

Bu boradagi tayyorgarlik ishlari qariyb 2,5 yil davomida amalga oshirilgani aytilmoqda.

AQSH ko‘magida zilzilalarni aniqlovchi stansiya ochildi

 

Jizzax shahri yaqinidagi Qorasay qishlog‘ida San-Diyegodagi Kaliforniya universiteti (UCSD) va Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Respublika Seysmologik prognoz monitoringi markazi tomonidan o‘rnatilgan yangi zamonaviy seysmik stansiyaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

 

Bu boradagi tayyorgarlik ishlari qariyb 2,5 yil davomida amalga oshirildi.

 

Dunyo bo‘ylab 150 dan ortiq stansiyalardan iborat AQSH global seysmik tarmog‘ining bir qismi sifatida ushbu stansiya AQSH hukumati tomonidan moliyalashtiriladi. U AQSH Milliy Fan Jamg‘armasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va UCSD Xalqaro Akselerometrni joylashtirish dasturi orqali mahalliy xodimlar uchun texnik xizmat ko‘rsatish va treningdan o‘tadi.

 

Ushbu stansiya tomonidan to‘plangan maʼlumotlar butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilar, jumladan, olimlar, muhandislar, talabalar va keng jamoatchilikka veb-sayt orqali mavjud bo‘ladi.

 

Qayd etilishicha, stansiya O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda jahon seysmik faolligini yaxshiroq tushunishga ko‘maklashish maqsadida yaratilgan.

 

Stansiyadan olingan maʼlumotlar zilzilalar joyini aniqlash va ular keltirib chiqaradigan xavflarni kamaytirish uchun ishlatilishi mumkin, bu esa jamoat xavfsizligi va fundamental fan uchun muhimdir.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"