0

Endi Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasidan ID-karta orqali ham o‘tsa bo‘ladi

Qirg‘izistonning Jogorku Keneshi qonun loyihasini qabul qildi.

Endi Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasidan ID-karta orqali ham o‘tsa bo‘ladi

 

3 may kuni Qirg‘izistonning Jogorku Keneshi «Qirg‘iziston hukumati va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida fuqarolarning o‘zaro sayohati to‘g‘risida 2006 yil 3 oktyabrdagi Bitimga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi bayonnomani ratifikatsiya qilish haqida»gi qonun loyihasini uch o‘qishda qabul qildi. Kelishuv 2023 yil 27 yanvarda Bishkek shahrida imzolangan edi. 

 

Bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi bayonnomada fuqarolarning ikki davlat hududiga kirish, chiqish, tranzit orqali borish, harakatlanish va bo‘lish hujjatlari ro‘yxatini yangilash nazarda tutilgan. 

 

Xususan, Qirg‘iziston tomoni kelishuvni “ID-karta” so‘zlari bilan to‘ldirdi. Shu bilan birga, hujjatdan «tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma» so‘zlari olib tashlandi. 

 

Qirg‘izistondan fuqarolarni noqonuniy olib chiqib ketish xavfini kamaytirish maqsadida, 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasidagi ilova Qirg‘iziston hududiga kirish va undan chiqish huquqini beruvchi hujjat sifatida muomaladan chiqarildi. 

 

O‘z navbatida, O‘zbekiston tomoni kelishuvning 2-ilovasiga o‘zgartirishlar kiritdi va tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga tegishli band chiqarib tashlandi. 

 

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 aprel kuni Qirg‘iziston bilan chegarani ID-karta orqali kesib o‘tish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjatni imzolagandi. 

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"