Salomatlik

Yurtimizda xorijiy investisiyalar ishtirokida 159 ta xususiy shifoxona faoliyat yuritmoqda

Bu haqida Sog‘liqni Saqlash Vazirigi xabar berdi.

Yurtimizda xorijiy investisiyalar ishtirokida 159 ta xususiy shifoxona faoliyat yuritmoqda

Mamlakatimizda tibbiyotning xususiy sektorini rivojlantirish, sohaga investisiyalarni keng jalb etish, xorijiy sarmoyadorlarga moliyaviy imtiyozlar berish, bu orqali nodavlat shifoxonalar soni va ular ko‘rsatadigan tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga jiddiy eʼtibor qaratilyapti.

Xususan, bu borada Prezidentimizning 6 ta farmon va qarorlari qabul qilinib, tibbiyotning xususiy sektori barcha soliq va bojxona to‘lovlaridan ozod qilindi. Qolaversa, har qanday tekshiruvlar Biznes Ombudsmani ruxsati bilan amalga oshirilishi belgilandi.

Shuningdek:

Xorijlik shifokorlarning qisqa muddatga O‘zbekistonga kelib ketish va yashash shartlari keskin soddalashtirildi;

Tibbiy turizm bo‘yicha tibbiyot muassasalariga belgilangan bojlar bekor qilindi;

Natijada:

- O‘zbekiston tibbiyotiga oxirgi 5 yilda qariyb 1 mlrd AQSH dollari hajmidagi investisiyalar jalb etildi;

- So‘nggi 6 yilda mamlakatimizda xususiy klinikalar soni 2,5 baravarga ko‘payib, 8 mingtani tashkil etdi;

- Yurtimizda xorijiy investisiyalar ishtirokida faoliyat olib borayotgan xususiy shifoxonalar soni 159 taga yetdi.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"