Salomatlik

Oziq-ovqat allergiyasini aniqlashning innovatsion diagnostika usuli topildi

Allergiya alomatlari bir necha daqiqadan ikki soatgacha bo‘lgan davrda yuzaga keladi.

Oziq-ovqat allergiyasini aniqlashning innovatsion diagnostika usuli topildi

 

Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi direktori Ilmira Razikova ta'kidlashicha, oziq-ovqat allergiyasi innovatsion diagnostika usulida aniqlanmoqda. 

 

Oziq-ovqat allergiyasi alomatlari bir necha daqiqadan ikki soatgacha bo‘lgan davrda yuzaga keladi. Asosiy simptomlar terida toshma, qichishish, shish yoki achishish bilan namoyon bo‘ladi.

 

Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasining shishishi, allergik rinit, ya’ni burun bitishi, aksirish va burundan suv kelishi, yo‘tal, nafas qisishi, ko‘zlarning yoshlanishi va qizarishi, ko‘ngil aynishi kuzatilishi mumkin.

 

Allergiya mahali odatda eshakemi ko‘rinishida shakllanib, qattiq o‘zakli qizil tusli toshma, shish va qichishish bilan kechadi.

 

Emizikli bolalarda oziq-ovqat allergiyasi atopik dermatit sabab qator qo‘shimcha alomatlarga ega. Masalan, teri qurishqoqligi, bolaning anal sohasida emizgandan keyin kuchayadigan qizarish shular jumlasidan.

 

Ba’zi odamlarda oziq-ovqat allergiyasi jiddiy alomatlar — bronxial obstruksiya, ko‘krak qafasidagi siqilish, nafas olishning qiyinlashishi, qon bosimining keskin pasayishi, bosh aylanishi yoki xushni yo‘qotish kabi hayot uchun xavfli alomatlar bilan kuzatilishi mumkin.

 

Hozir Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazida ushbu xastalik turi innovasion diagnostika  usullari yordamida aniqlanmoqda. Molekulyar allergologiya — shulardan biri.

 

U orqali bir vaqtning o‘zida bir tomchi qondan 300 tagacha allergenga karshi antitanacha va allergen molekulasining oqsilli komponenti o‘rganiladi. Eng asosiysi, bronxial astmaning oldini olish uchun o‘tkaziladigan ASIT samaradorligi bor-yo‘qligi tasdiqlanadi.

 

Shu soha mutaxassisi sifatida oziq-ovqat allergiyasidan aziyat chekadigan yoki bunga moyil kishilarga shifokorlar ko‘rigidan o‘tib, ularning tavsiya va ko‘rsatmalariga qat’iy amal qilishlarini tavsiya qilaman.

 

Umuman, allergiyaning tabiiy davo usuli, avvalo, to‘g‘ri ovqatlanishdir. Bemor allergen chaqiruvchi oziq-ovqat mahsulotlaridan tiyilishi va voz kechishi lozim.

 

Shu bilan birga, markazimizda kasallikning og‘ir bosqichlari va shakllarini boshdan kechirayotgan bemorlarning samarali davolanishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Oziq-ovqat allergiyasini aniqlashning innovatsion diagnostika usuli topildi | Zamon.uz