O'zbekiston

200 nafar hokim yordamchisi Xitoyga amaliyotga yuboriladi

Bu haqda prezident boshchiligidagi yig‘ilishda aytib o‘tildi.

200 nafar hokim yordamchisi Xitoyga amaliyotga yuboriladi

 

Bugun, 15-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni taʼminlash ishlarini yangi pog‘onaga olib chiqish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Yig‘ilishda kambag‘allikni qisqartirish sohasida Xitoy tajribasini o‘rganish masalasiga to‘xtalib o‘tildi. Maʼlumki, shu maqsadda Xitoydan tajribali ekspertlar mamlakatimizga olib kelindi, O‘zbekiston delegatsiyalari Xitoyga borib keldi. Natijada 18 ta yo‘nalishda manzilli loyihalar tayyorlandi.

 

Xitoy tajribasi asosida har bir viloyatda kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha alohida dastur amalga oshiriladi.

 

Bunda kambag‘allik yuqori bo‘lgan tumanlarda yo‘l-transport, elektr, aloqa va turizm infratuzilmasini yaxshilash, kichik va o‘rta shaharlarni rivojlantirish, mahallalarni sanoatlashtirishga eʼtibor qaratiladi.

 

Mutasaddilarga xitoylik ekspertlar bilan birga tanlab olingan 14 ta tumanni kambag‘allikdan chiqarish uchun kompleks rivojlantirish dasturini ishlab chiqish topshirildi.

 

Xitoy markazlari bilan hamkorlikda hokim yordamchilarini o‘qitish, yaxshi natijaga erishgan kamida 200 nafar salohiyatli hokim yordamchilarini Xitoyga amaliyot o‘tashga yuborish vazifasi qo‘yildi.

 

Yig‘ilish davomida soha va hududlar mutasaddilarining yangi tizim asosidagi ishlarni qanday tashkil etishi yuzasidan axboroti tinglandi.

 

“Rossiya Abu-Dabidagi muzokaralarda egallagan hududlari haqida noto‘g‘ri ma’lumot berdi” —  Zelenskiy

“Rossiya Abu-Dabidagi muzokaralarda egallagan hududlari haqida noto‘g‘ri ma’lumot berdi” — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Rossiya delegatsiyasi Donbassning Kiyev nazoratida qolayotgan hududlarini ham bosib olingan deb da’vo qilganini aytdi.

O‘zbekistonliklar tibbiy xizmatlarga 17,6 trln so‘m sarfladi: Toshkent shahri yetakchi

O‘zbekistonliklar tibbiy xizmatlarga 17,6 trln so‘m sarfladi: Toshkent shahri yetakchi

Xizmatlar hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan real hisobda 14,2 foizga oshgan.

Saida Mirziyoyeva Fransiya prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Fransiya prezidenti bilan uchrashdi

Parijda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Sloveniya yetakchilari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Sloveniya yetakchilari uchrashuv o‘tkazdi

Ushrashuvda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Avtobuslarda chiptasiz yurish holatlari: qoidabuzarlarning 92,4 foizi 30 yoshgacha bo‘lganlar

Avtobuslarda chiptasiz yurish holatlari: qoidabuzarlarning 92,4 foizi 30 yoshgacha bo‘lganlar

Yanvar–oktabr oylarida Toshkent avtobuslarida yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarga nisbatan 138 780 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Toshkentda issiq suv nega zanglab oqmoqda? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega zanglab oqmoqda? Veolia izoh berdi

Jo‘mrakdan zanglagan suv oqsa, uni qisqa muddat oqizib yuborish, suv tiniqlashmasa, boshqaruv kompaniyasiga murojaat qilish kerak.

To‘rt hududda narkotik savdosi fosh etildi: gumonlanuvchilarga jinoyat ishi ochildi

To‘rt hududda narkotik savdosi fosh etildi: gumonlanuvchilarga jinoyat ishi ochildi

Sirdaryo, Navoiy, Samarqand va Qoraqalpog‘istonda narkotik moddalar savdosi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.

13 yoshli qizga nisbatan zo‘ravonlik ishi: jinoyat og‘irroq modda bilan qayta malakalandi

13 yoshli qizga nisbatan zo‘ravonlik ishi: jinoyat og‘irroq modda bilan qayta malakalandi

Jabrlanuvchiga Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan psixologik va yuridik yordam ko‘rsatilmoqda.