O'zbekiston

13 yoshli qizga nisbatan zo‘ravonlik ishi: jinoyat og‘irroq modda bilan qayta malakalandi

Jabrlanuvchiga Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan psixologik va yuridik yordam ko‘rsatilmoqda.

13 yoshli qizga nisbatan zo‘ravonlik ishi: jinoyat og‘irroq modda bilan qayta malakalandi

 

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahridagi mehmonxonada 13 yoshli qizga nisbatan sodir etilgan jinsiy zo‘ravonlik yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi og‘irroq modda bilan qayta malakalandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 9-noyabr kuni Qo‘qon shahar prokuraturasi jinoyat ishini Jinoyat kodeksining 128-moddasidan (16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) 118-moddasi 4-qismiga (o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish) qayta malakalagan.

 

Hodisa 28-sentabr kuni sodir bo‘lgan. Farg‘ona viloyatida yashovchi, 2012-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qiz Qo‘qon shahridagi mehmonxonada jinsiy zo‘ravonlikka uchragan.

 

Mazkur holat yuzasidan 29-sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 128-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi ushlanib, 30-sentabr kuni sud qarori bilan unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

Bolalar ombudsmanining ma’lum qilishicha, jabrlanuvchining ruhiy holatini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi mas’ul xodimlari tomonidan unga psixologik hamda yuridik yordam ko‘rsatilmoqda.

 

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda. Bolalar ombudsmani jabrlanuvchining protsessual huquqlari ta’minlanishini o‘z vakolatlari doirasida nazorat qilib borishini bildirgan.

5 yoshli qizning zo'rlanishi: ish sudga oshirildi

5 yoshli qizning zo'rlanishi: ish sudga oshirildi

Jabrlanuvchi voyaga yetmaganligi sababli sud majlisi yopiq tarzda o‘tkaziladi.

Prezident administratsiyasidagi markazdan vazirlikka: Ta’lim vazirligida yangi matbuot kotibi tayinlandi

Prezident administratsiyasidagi markazdan vazirlikka: Ta’lim vazirligida yangi matbuot kotibi tayinlandi

Doniyor Soliyev vazirlikning Raqamli transformatsiya va axborot siyosati departamenti tarkibidagi boshqarmaga rahbar bo‘ldi.

IMEI tekshiruvi bilan bog‘liq muammolar: Toshkent aeroportida telefonlarni rasmiylashtirish vaqtincha to‘xtatildi

IMEI tekshiruvi bilan bog‘liq muammolar: Toshkent aeroportida telefonlarni rasmiylashtirish vaqtincha to‘xtatildi

Bojxona qo‘mitasi telefonlar 30 kungacha olib qo‘yilishi va tezkor rasmiylashtirish uchun qo‘shimcha to‘lov joriy etilgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Maktabda elektron doska uchun ota-onalardan pul yig‘ildimi? Holat o‘rganilmoqda

Maktabda elektron doska uchun ota-onalardan pul yig‘ildimi? Holat o‘rganilmoqda

Samarqanddagi maktabda ota-onalardan pul yig‘ilgani haqidagi xabar yuzasidan ishchi guruh tuzildi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanishi mumkin: 11-noyabr kuni ko‘rsatkich “yashil” darajada bo‘ladi

Toshkentda havo sifati yaxshilanishi mumkin: 11-noyabr kuni ko‘rsatkich “yashil” darajada bo‘ladi

Yomg‘ir havodagi PM zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam beradi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Antaliyaga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Antaliyaga bordi

11-noyabr kuni davlat rahbari BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining yalpi sessiyasida ishtirok etadi.

Noqulay ob-havo va tirbandliklar: Poytaxt yo‘llarida xavfsizlik nazorati kuchaytirildi

Noqulay ob-havo va tirbandliklar: Poytaxt yo‘llarida xavfsizlik nazorati kuchaytirildi

Haydovchilardan ehtiyotkorlikni oshirish va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish so‘raldi.

Elektr uskunalar ishlab chiqarish hajmi oshdi: 9 oyda 22,6 trln so‘mlik mahsulot tayyorlandi

Elektr uskunalar ishlab chiqarish hajmi oshdi: 9 oyda 22,6 trln so‘mlik mahsulot tayyorlandi

Yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan elektr uskunalarning qariyb yarmi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keldi.