O'zbekiston

Toshkentda issiq suv nega zanglab oqmoqda? Veolia izoh berdi

Jo‘mrakdan zanglagan suv oqsa, uni qisqa muddat oqizib yuborish, suv tiniqlashmasa, boshqaruv kompaniyasiga murojaat qilish kerak.

Toshkentda issiq suv nega zanglab oqmoqda? Veolia izoh berdi

 

Isitish mavsumi boshlanishi bilan Toshkent aholisi tomonidan jo‘mraklardan rangi o‘zgargan, zang aralash issiq suv oqayotgani yuzasidan murojaatlar kelib tushmoqda. Veolia Energy Tashkent bunday holatning sabablarini va muammoni bartaraf etish uchun kim mas’ul ekanini tushuntirdi.

 

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, isitish tizimi ishga tushirilganda magistral tarmoqlar va binolarning ichki quvurlarida gidravlik sirkulyatsiya rejimi o‘zgaradi. Natijada yozgi-kuzgi mavsumdagi tanaffus davomida quvurlarda to‘planib qolgan mayda mineral cho‘kindilar va zang qoldiqlari suv bosimi ta’sirida yuvilib chiqishi mumkin.

 

Veolia Energy Tashkent mutaxassislari 1–7-noyabr kunlari shahar magistral issiqlik tarmoqlarida dastlabki sirkulyatsiya va yuvish ishlarini amalga oshirgan. Kompaniya magistral tarmoqlardagi suv sifati belgilangan me’yoriy ko‘rsatkichlarga keltirilganini bildirgan.

 

Binolarning ichki tarmoqlari uchun esa boshqaruv kompaniyalari mas’ul hisoblanadi. Isitish tizimi ishga tushirilganda ular quvurlarda turib qolgan suvni chiqarib yuborishi va tizimni magistral tarmoqlardan keladigan suv bilan to‘ldirishi kerak.

 

Jo‘mrakdan zanglagan suv oqsa, nima qilish kerak?

Veolia tushuntirishicha, aksariyat hollarda tik quvurda turib qolgan suvni qisqa muddat oqizib yuborish orqali uning rangi me’yoriy holatga qaytadi.

 

Agar suv tiniqlashmasa, boshqaruv kompaniyasi uni to‘liq tiniqlashguncha oqizib yuborishi lozim.

 

Boshqaruv kompaniyasi zanglagan suv to‘g‘ridan-to‘g‘ri binoga kirish nuqtasidan kelayotganini tasdiqlagan taqdirda, Veolia Energy Tashkent call-markaziga murojaat qilish mumkin. Kompaniya mutaxassislari tarmoqlar chegarasida suv parametrlarini tekshirish uchun joyiga chiqadi.

Avtobuslarda chiptasiz yurish holatlari: qoidabuzarlarning 92,4 foizi 30 yoshgacha bo‘lganlar

Avtobuslarda chiptasiz yurish holatlari: qoidabuzarlarning 92,4 foizi 30 yoshgacha bo‘lganlar

Yanvar–oktabr oylarida Toshkent avtobuslarida yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarga nisbatan 138 780 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

To‘rt hududda narkotik savdosi fosh etildi: gumonlanuvchilarga jinoyat ishi ochildi

To‘rt hududda narkotik savdosi fosh etildi: gumonlanuvchilarga jinoyat ishi ochildi

Sirdaryo, Navoiy, Samarqand va Qoraqalpog‘istonda narkotik moddalar savdosi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.

13 yoshli qizga nisbatan zo‘ravonlik ishi: jinoyat og‘irroq modda bilan qayta malakalandi

13 yoshli qizga nisbatan zo‘ravonlik ishi: jinoyat og‘irroq modda bilan qayta malakalandi

Jabrlanuvchiga Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan psixologik va yuridik yordam ko‘rsatilmoqda.

5 yoshli qizning zo'rlanishi: ish sudga oshirildi

5 yoshli qizning zo'rlanishi: ish sudga oshirildi

Jabrlanuvchi voyaga yetmaganligi sababli sud majlisi yopiq tarzda o‘tkaziladi.

Prezident administratsiyasidagi markazdan vazirlikka: Ta’lim vazirligida yangi matbuot kotibi tayinlandi

Prezident administratsiyasidagi markazdan vazirlikka: Ta’lim vazirligida yangi matbuot kotibi tayinlandi

Doniyor Soliyev vazirlikning Raqamli transformatsiya va axborot siyosati departamenti tarkibidagi boshqarmaga rahbar bo‘ldi.

IMEI tekshiruvi bilan bog‘liq muammolar: Toshkent aeroportida telefonlarni rasmiylashtirish vaqtincha to‘xtatildi

IMEI tekshiruvi bilan bog‘liq muammolar: Toshkent aeroportida telefonlarni rasmiylashtirish vaqtincha to‘xtatildi

Bojxona qo‘mitasi telefonlar 30 kungacha olib qo‘yilishi va tezkor rasmiylashtirish uchun qo‘shimcha to‘lov joriy etilgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Maktabda elektron doska uchun ota-onalardan pul yig‘ildimi? Holat o‘rganilmoqda

Maktabda elektron doska uchun ota-onalardan pul yig‘ildimi? Holat o‘rganilmoqda

Samarqanddagi maktabda ota-onalardan pul yig‘ilgani haqidagi xabar yuzasidan ishchi guruh tuzildi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanishi mumkin: 11-noyabr kuni ko‘rsatkich “yashil” darajada bo‘ladi

Toshkentda havo sifati yaxshilanishi mumkin: 11-noyabr kuni ko‘rsatkich “yashil” darajada bo‘ladi

Yomg‘ir havodagi PM zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam beradi.