O'zbekiston

To‘rt hududda narkotik savdosi fosh etildi: gumonlanuvchilarga jinoyat ishi ochildi

Sirdaryo, Navoiy, Samarqand va Qoraqalpog‘istonda narkotik moddalar savdosi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.

To‘rt hududda narkotik savdosi fosh etildi: gumonlanuvchilarga jinoyat ishi ochildi

 

Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bojxona boshqarmalari va Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida Sirdaryo, Navoiy, Samarqand viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istonda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

 

Sirdaryo viloyatida internet narkodo‘konda “zakladchik” va qadoqlovchi vazifasida ishlagan, 1996 va 1998-yillarda tug‘ilgan erkak va ayolning Guliston shahridagi ijaradagi xonadoni ko‘zdan kechirildi. Natijada isitish moslamasi ichiga yashirilgan 337 gramm “gashish” aniqlandi.

 

Shuningdek, ular ombor sifatida foydalangan boshqa manzilda tarqatishga tayyorlangan, 65 ta kichik bo‘lakka qadoqlangan, jami 208 gramm “gashish” moddasi topildi.

 

Navoiy viloyatining Karmana tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “zakladka” usulida narkotik tarqatganlikda gumonlangan uch nafar shaxs ushlandi. Ulardan 20 gramm “Spays” sintetik moddasi olindi. Tezkor surishtiruv davomida gumonlanuvchilar tumandagi bir nechta yashirin joyga jami 542 gramm “Spays” moddasini joylashtirgani aniqlanib, u ham protsessual tartibda rasmiylashtirildi.

 

Samarqand shahrida o‘tkazilgan tadbirda parranda go‘shti mahsulotlari sotiladigan do‘kon ishchisi 492 gramm “opiy” moddasini kichik bo‘laklarga qadoqlab, keyinchalik sotish maqsadida saqlab kelgani fosh etildi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumanida esa 1972-yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro ushlandi. Uning yonidagi sellofan paketdan 471 gramm “marixuana” topildi.

 

Tezkor tadbir davomida uning sherigi, 1964-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxsning avtomobilidan 425 gramm, yashash xonadonidan esa 97 ta gugurt qutisiga joylangan, jami 1 kilogramm 175 gramm “marixuana” moddasi olindi.

 

Qayd etilishicha, barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

13 yoshli qizga nisbatan zo‘ravonlik ishi: jinoyat og‘irroq modda bilan qayta malakalandi

13 yoshli qizga nisbatan zo‘ravonlik ishi: jinoyat og‘irroq modda bilan qayta malakalandi

Jabrlanuvchiga Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan psixologik va yuridik yordam ko‘rsatilmoqda.

5 yoshli qizning zo'rlanishi: ish sudga oshirildi

5 yoshli qizning zo'rlanishi: ish sudga oshirildi

Jabrlanuvchi voyaga yetmaganligi sababli sud majlisi yopiq tarzda o‘tkaziladi.

Prezident administratsiyasidagi markazdan vazirlikka: Ta’lim vazirligida yangi matbuot kotibi tayinlandi

Prezident administratsiyasidagi markazdan vazirlikka: Ta’lim vazirligida yangi matbuot kotibi tayinlandi

Doniyor Soliyev vazirlikning Raqamli transformatsiya va axborot siyosati departamenti tarkibidagi boshqarmaga rahbar bo‘ldi.

IMEI tekshiruvi bilan bog‘liq muammolar: Toshkent aeroportida telefonlarni rasmiylashtirish vaqtincha to‘xtatildi

IMEI tekshiruvi bilan bog‘liq muammolar: Toshkent aeroportida telefonlarni rasmiylashtirish vaqtincha to‘xtatildi

Bojxona qo‘mitasi telefonlar 30 kungacha olib qo‘yilishi va tezkor rasmiylashtirish uchun qo‘shimcha to‘lov joriy etilgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Maktabda elektron doska uchun ota-onalardan pul yig‘ildimi? Holat o‘rganilmoqda

Maktabda elektron doska uchun ota-onalardan pul yig‘ildimi? Holat o‘rganilmoqda

Samarqanddagi maktabda ota-onalardan pul yig‘ilgani haqidagi xabar yuzasidan ishchi guruh tuzildi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanishi mumkin: 11-noyabr kuni ko‘rsatkich “yashil” darajada bo‘ladi

Toshkentda havo sifati yaxshilanishi mumkin: 11-noyabr kuni ko‘rsatkich “yashil” darajada bo‘ladi

Yomg‘ir havodagi PM zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam beradi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Antaliyaga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Antaliyaga bordi

11-noyabr kuni davlat rahbari BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining yalpi sessiyasida ishtirok etadi.

Noqulay ob-havo va tirbandliklar: Poytaxt yo‘llarida xavfsizlik nazorati kuchaytirildi

Noqulay ob-havo va tirbandliklar: Poytaxt yo‘llarida xavfsizlik nazorati kuchaytirildi

Haydovchilardan ehtiyotkorlikni oshirish va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish so‘raldi.