Salomatlik

JSST kamqonlikka qarshi dastur ishlab chiqdi

Dunyoda ayollarning taxminan 30 foizi, homiladorlarning 37 foizi va olti oylikdan besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning 40 foizi kamqonlikdan aziyat chekadi.

JSST kamqonlikka qarshi dastur ishlab chiqdi

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotiga ko‘ra, dunyoda ayollarning taxminan 30 foizi, homiladorlarning 37 foizi va olti oylikdan besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning 40 foizi anemiya, yaʼni kamqonlikdan aziyat chekadi. Bu ko‘rsatkich ayniqsa, o‘rta va past daromadli mamlakatlarda yuqori. 

 

Shundan kelib chiqib, JSST ushbu xastalikka qarshi o‘zining ilk kompleks dasturini taqdim etdi.

 

Qon tarkibida temir moddasini o‘z ichiga olgan va unga qizil tus beruvchi murakkab oqsil – gemoglobin moddasi butun tana bo‘ylab kislorod tashish vazifasini bajaradi. Agar gemoglobin yetishmovchiligi kuzatilsa, organizmda kislorod tanqisligi yuzaga keladi. Oqibatda bu holat turli kasalliklarning rivojlanishiga yo‘l ochadi.

 

Bemorlarda kamharakatlik, charchoq, uyquchanlik, ishtahasizlik hamda vazn yetishmasligi kuzatiladi. Teri oqarib, tirnoqlar va sochlar mo‘rtlashadi. Til yallig‘lanib, og‘iz atrofida yuzaki yaralar paydo bo‘ladi.

 

Asab tizimi faoliyati buziladi, tez-tez bosh aylanishi, og‘rishi, quloqlarda shovqin kuzatiladi. Xastalikning og‘ir holatlarida esa hushdan ketish, taxikardiya, nafas qisish qayd etilishi mumkin.

 

Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, kamqonlikning eng ko‘p tarqalgan sabablaridan biri organizmda temir moddasi yetishmovchiligidir.

 

Shu sababli JSST tomonidan ishlab chiqilgan dastur sog‘lom ovqatlanish, xastalikni to‘g‘ri va o‘z vaqtida aniqlash, vitamin va mikroelementlar qabul qilish, aholining ushbu kasallik to‘g‘risida xabardorligini oshirish kabi tavsiyalarni o‘z ichiga olgan.

 

O‘z navbatida, bu borada hukumatlar, fuqarolik jamiyati institutlari, ilmiy doiralar, xalqaro tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari rolini oshirish lozimligi eslatib o‘tilgan.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.