O'zbekiston

O‘zbekiston–Xitoy o‘rtasida 41 ta hujjat imzolandi

Ular strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.

O‘zbekiston–Xitoy o‘rtasida 41 ta hujjat imzolandi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazdi. Oliy darajadagi uchrashuvdan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Qo‘shma bayonotni imzoladilar va 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida yangi davrdagi har tomonlama strategik sheriklikni rivojlantirish dasturini qabul qildilar.

 

Yetakchilar huzurida quyidagi hujjatlar imzolandi:

 

–O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati o‘rtasida texnik-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim;

 

– O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati o‘rtasida Hamkorlik bo‘yicha o‘zbek-xitoy hukumatlararo qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi bayonnoma;

 

– O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati o‘rtasida o‘rta taʼlim maktablari salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi bitim;

 

– . O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Bojxona bosh maʼmuriyati o‘rtasida O‘zbekistondan Xitoyga eksport qilinadigan muzlatilgan parranda go‘shtining inspeksiya, karantin va veterinariya-sanitariya talablari to‘g‘risidagi bayonnoma;

 

– O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Bojxona bosh maʼmuriyati o‘rtasida O‘zbekistondan Xitoyga uzum eksport qilishda fitosanitar talablar va nazorat to‘g‘risidagi bayonnoma;

 

– O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Bojxona bosh maʼmuriyati o‘rtasida vakolatli iqtisodiy operatorlar dasturlarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi kelishuv;

 

– O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Tijorat vazirligi o‘rtasida ustuvor investitsiya loyihalarini ilgari surish bo‘yicha anglashuv memorandumi;

 

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Matbuot kanselyariyasi o‘rtasida ommaviy axborot vositalari sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi;

 

– 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida hamkorlik dasturi;

 

– Toshkent shahri va Sichuan muzofoti o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risidagi bitim;

 

– Sirdaryo viloyati va Shensi muzofoti o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risidagi bitim;

 

– Samarqand viloyati va Shensi muzofoti o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risidagi bitim.

 

Bundan tashqari, quyidagi muhim iqtisodiy kelishuvlar imzolandi:

 

– elektr uzatish liniyalari va nimstansiyalarini qurish loyihasini moliyalashtirish to‘g‘risida;

 

– multimodal logistika markazini tashkil etish to‘g‘risida;

 

– “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ lokomotivlari parkini yangilash va modernizatsiya qilish to‘g‘risida;

 

– O‘zbekiston-Xitoy agrosanoat parkini tashkil etish to‘g‘risida;

 

– Agroinnovatsion parkni tashkil etish to‘g‘risida;

 

– O‘zbekiston-Xitoy biotexnologik klasterini tashkil etish to‘g‘risida;

 

– “O‘zbektelekom” AKning telekommunikatsiya infratuzilmasini yana-da kengaytirish to‘g‘risida;

 

– “EXEED” kompaniyasi bilan birgalikda zamonaviy avtomobillar ishlab chiqarish to‘g‘risida;

 

– “BYD Auto Industry” kompaniyasi bilan birgalikda elektr va gibrid avtomobillar ishlab chiqarish to‘g‘risida;

 

– “O‘zbekiston milliy banki” AJ bilan “Xitoy Eksim banki” o‘rtasida kredit liniyalarini jalb qilish to‘g‘risida;

 

– “O‘zbekiston milliy banki” AJ bilan “Xitoy taraqqiyot davlat banki” o‘rtasida kredit liniyalarini jalb qilish to‘g‘risida;

 

– “China Export and insurance corporation” bilan hamkorlik to‘g‘risida;

 

– Sirdaryo viloyatida “Norin GES kaskadini qurish” va Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida “Aygain GES kaskadini qurish” loyihalari texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash to‘g‘risida;

 

– telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida.

 

Tashrif tadbirlari doirasida tarmoq memorandumlari ham imzolandi:

 

– O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi xorijiy davlatlar bilan millatlararo munosabatlar va do‘stona aloqalar Qo‘mitasi bilan Xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik Shanxay xalq uyushmasi o‘rtasida;

 

– O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan Xalqaro savdoga ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha Xitoy kengashi o‘rtasida tijorat huquqi sohasida hamkorlik bo‘yicha O‘zbek-Xitoy qo‘mitasinni tuzish to‘g‘risida;

 

– O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi bilan Dalyan tovar birjasi o‘rtasida;

 

– O‘zbekiston Parrandachilik uyushmasi bilan Xitoy Chorvachilik uyushmasi o‘rtasida parrandachilik sohasida hamkorlik to‘g‘risida;

 

– O‘zbekiston Respublikasi “Uzcharmsanoat” uyushmasi bilan Xitoy charm sanoati bo‘yicha hamkorlik uyushmasi o‘rtasida;

 

– Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bilan Pekin xorijiy tillar va madaniyat universiteti o‘rtasida;

 

– Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bilan Lyaonin pedagogika universiteti o‘rtasida;

 

– Samarqand xalqaro texnologiyalar universiteti bilan Tyanszin fan va texnika universiteti o‘rtasida;

 

– Samarqand xalqaro texnologiyalar universiteti bilan Shimoliy-sharq elektroenergetika universiteti o‘rtasida;

 

– Jaxon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan Shanxay universiteti o‘rtasida.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"