O'zbekiston

Firibgarlik haqida xabar tushishi bilan chora ko‘riladi: O‘zbekistonda 24/7 markaz tashkil etiladi

U orqali kiberfiribgarlik haqida xabar kelishi bilan pul harakati kuzatilib, tezkor choralar ko‘riladi.

Firibgarlik haqida xabar tushishi bilan chora ko‘riladi: O‘zbekistonda 24/7 markaz tashkil etiladi

 

O‘zbekistonda kiberjinoyatchilik, giyohvandlik va odam savdosining oldini olish choralari kuchaytiriladi. Bu prezidentning 10-noyabrda imzolangan PF-242-son farmonida belgilangan.

 

Hujjatga ko‘ra, 2026-yil dekabrga qadar normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Unda Ichki ishlar vazirligi va banklar ishtirokida 24/7 rejimida faoliyat yuritadigan markaz tashkil etish ko‘zda tutilgan.

 

Markaz orqali kibermakonda firibgarlik yoki o‘g‘rilik yuzasidan xabar kelishi bilan pul mablag‘lari harakatini kuzatish va tezkor choralar ko‘rish mexanizmi joriy etiladi.

 

Shuningdek, odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish tartibi ham takomillashtiriladi. Jumladan, jabrlanuvchining yordam olishi uchun yakuniy identifikatsiya yoki shaxsiy reja tasdiqlanishini kutishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Uni aniqlagan mas’ul shaxs zimmasiga darhol xavfsiz joy, tibbiy yordam va tarjimon xizmatini taqdim etish majburiyati yuklanadi. Yordamning o‘z vaqtida yetib borishini nazorat qilish mexanizmlari ham kuchaytiriladi.

 

Belgilangan vazifalar ijrosi uchun Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda tegishli komissiyalar mas’ul etib belgilangan.

Fohishalikka jalb etishmoqchi bo‘ldi: Toshkent aeroportida odam savdosining oldi olindi

Fohishalikka jalb etishmoqchi bo‘ldi: Toshkent aeroportida odam savdosining oldi olindi

Gumonlanuvchi jabrlanuvchiga chet elda mo‘may daromad topishni va’da qilgan.

Temir yo‘l kesishmasidagi e’tiborsizlik: Damas poyezd bilan to‘qnashdi

Temir yo‘l kesishmasidagi e’tiborsizlik: Damas poyezd bilan to‘qnashdi

Avtomobil haydovchisi temir yo‘l kesishmasidagi yo‘l belgisi talablariga rioya qilmasdan harakatlangan.

“Mashhurlikka erishmoqchi edik”: to‘yda yuk mashinalaridan kortej tuzgan haydovchilar jazolandi

“Mashhurlikka erishmoqchi edik”: to‘yda yuk mashinalaridan kortej tuzgan haydovchilar jazolandi

Shuningdek, haydovchilar bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan.

Radarlar tezlikni oshirib ko‘rsatyaptimi? O‘zbekistonda qurilmalar tekshirilmoqda

Radarlar tezlikni oshirib ko‘rsatyaptimi? O‘zbekistonda qurilmalar tekshirilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda radarlarning tezlikni noto‘g‘ri qayd etayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi.

Ruhiy kasalliklar va giyohvandlik: Toshkentda 9 oylik ko‘rsatkichlar ochiqlandi

Ruhiy kasalliklar va giyohvandlik: Toshkentda 9 oylik ko‘rsatkichlar ochiqlandi

Narkologik kasalliklar bo‘yicha hisobda turuvchilar soni 2025-yil 1-oktyabrga nisbatan 593 nafarga oshdi.

“Kamera orqali uch kunda topildim”: soxta avtoraqam taqqan haydovchilar ushlandi

“Kamera orqali uch kunda topildim”: soxta avtoraqam taqqan haydovchilar ushlandi

Ayrim fuqarolar soxta avtoraqamlarni xorijdan ijtimoiy tarmoqlar orqali buyurtma qilgani, boshqalari esa tanishlaridan sotib olganini bildirgan.

“Omad shou” va “Soliq” nomidan firibgarlik: Toshkentda ikki kiberjinoyatchi ushlandi

“Omad shou” va “Soliq” nomidan firibgarlik: Toshkentda ikki kiberjinoyatchi ushlandi

Ular zararli APK fayllari va fishing havolalari orqali fuqarolarning shaxsiy hamda bank ma’lumotlarini qo‘lga kiritganlikda gumonlanmoqda.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.