O'zbekiston

Fohishalikka jalb etishmoqchi bo‘ldi: Toshkent aeroportida odam savdosining oldi olindi

Gumonlanuvchi jabrlanuvchiga chet elda mo‘may daromad topishni va’da qilgan.

Fohishalikka jalb etishmoqchi bo‘ldi: Toshkent aeroportida odam savdosining oldi olindi

 

Toshkent xalqaro aeroportida 26 yoshli Ohangaron shahrida yashovchi ayolni jinsiy ekspluatatsiya qilish maqsadida Turkiyaga yuborishga urinish fosh etildi. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, holat «Xavfsiz va sog‘lom yurt» keng ko‘lamli tezkor-profilaktik tadbirining uchinchi bosqichi doirasida IIV va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida aniqlangan.

 

Tezkor tadbir davomida Olmaliq shahrida yashovchi ayol qo‘lga olingan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u Istanbulda yashovchi tanishi bilan oldindan til biriktirib, Ohangaron shahrida yashovchi ayolni aldov yo‘li bilan Turkiyaga yuborishga uringan.

 

Gumonlanuvchi jabrlanuvchini chet elda mo‘may daromad topishiga ishontirib, uni Istanbulga shahvoniy ekspluatatsiya va fohishalik maqsadida olib ketayotgan vaqtda aeroportda daliliy ashyolar bilan ushlangan. Jabrlanuvchini Istanbulda boshqa bir o‘zbekistonlik ayol kutib olishi kerak bo‘lgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik haqida xabar tushishi bilan chora ko‘riladi: O‘zbekistonda 24/7 markaz tashkil etiladi

Firibgarlik haqida xabar tushishi bilan chora ko‘riladi: O‘zbekistonda 24/7 markaz tashkil etiladi

U orqali kiberfiribgarlik haqida xabar kelishi bilan pul harakati kuzatilib, tezkor choralar ko‘riladi.

Temir yo‘l kesishmasidagi e’tiborsizlik: Damas poyezd bilan to‘qnashdi

Temir yo‘l kesishmasidagi e’tiborsizlik: Damas poyezd bilan to‘qnashdi

Avtomobil haydovchisi temir yo‘l kesishmasidagi yo‘l belgisi talablariga rioya qilmasdan harakatlangan.

“Mashhurlikka erishmoqchi edik”: to‘yda yuk mashinalaridan kortej tuzgan haydovchilar jazolandi

“Mashhurlikka erishmoqchi edik”: to‘yda yuk mashinalaridan kortej tuzgan haydovchilar jazolandi

Shuningdek, haydovchilar bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan.

Radarlar tezlikni oshirib ko‘rsatyaptimi? O‘zbekistonda qurilmalar tekshirilmoqda

Radarlar tezlikni oshirib ko‘rsatyaptimi? O‘zbekistonda qurilmalar tekshirilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda radarlarning tezlikni noto‘g‘ri qayd etayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi.

Ruhiy kasalliklar va giyohvandlik: Toshkentda 9 oylik ko‘rsatkichlar ochiqlandi

Ruhiy kasalliklar va giyohvandlik: Toshkentda 9 oylik ko‘rsatkichlar ochiqlandi

Narkologik kasalliklar bo‘yicha hisobda turuvchilar soni 2025-yil 1-oktyabrga nisbatan 593 nafarga oshdi.

“Kamera orqali uch kunda topildim”: soxta avtoraqam taqqan haydovchilar ushlandi

“Kamera orqali uch kunda topildim”: soxta avtoraqam taqqan haydovchilar ushlandi

Ayrim fuqarolar soxta avtoraqamlarni xorijdan ijtimoiy tarmoqlar orqali buyurtma qilgani, boshqalari esa tanishlaridan sotib olganini bildirgan.

“Omad shou” va “Soliq” nomidan firibgarlik: Toshkentda ikki kiberjinoyatchi ushlandi

“Omad shou” va “Soliq” nomidan firibgarlik: Toshkentda ikki kiberjinoyatchi ushlandi

Ular zararli APK fayllari va fishing havolalari orqali fuqarolarning shaxsiy hamda bank ma’lumotlarini qo‘lga kiritganlikda gumonlanmoqda.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.